Get Mystery Box with random crypto!

Sevish gunoh deydilar, lekin adashadilar. Sevish gunoh bo’lgan | 🍂 Qалбимда • في قلبي

Sevish gunoh deydilar, lekin adashadilar. Sevish gunoh bo’lganida Rasulullah sallallahu alayhi va sallam sevarmidilar? Bir kuni Hazrati Aisha ulardan;

⁃ “Meni sevasizmi ya Rasulullah?” deb so’raganlarida..
⁃ “Albatta sevaman ya Aisha!” degandilar.

Lekin bu javob, Hazrati Aishaga yetmadi. Yana xam ko’prog’iga qiziqtilar.

⁃ “Meni qanday sevasiz ya Rasulullah?” deb so’radilar.

⁃ “Ko’r tugum kabi!” degandilar sarvari olam sallallahu alayhi va sallam.

Ko’r tugum nima bilasizmi? Ko’r tugum, xech qachon yechilmaydi. Sirga to’la ko’r tugum. Toki kesilmaguncha, uni xech kim yecha olmaydi. Ora orada yana so’rardilar Hazrati Aisha radiyallahu anhu;

⁃ “Ko’r tugum qanday ahvolda ya Rasulullah?”
Fahri koinot esa;
⁃ “Ilk kungi kabi!” derdilar doim. sara