Get Mystery Box with random crypto!

Mavzu: ,,Z' harfi 10. Qadimgi Bobil va Ossuriyada ehromlar yo | Svoya igra baza

Mavzu: ,,Z" harfi

10. Qadimgi Bobil va Ossuriyada ehromlar yonida xom gʻishtdan qurilgan ichki xonasiz zinasimon minora

Javob: Zikkurat

20. Tarki dunyochilik, saklanish. Xudoning marhamatiga musharraf boʻlish uchun tarki dunyo qilish zarurligi haqidagi diniy tasavvur fanda shunday ataladi.

Javob: Zohidlik

30. Aynan u inson psixikasini 3 bosqichga, ya'ni psixik jarayonlarni prinsipial anglash imkoniyati mezoni bo'yicha ong, ongosti va ongsizlikka ajratadi.

Javob: Zigmund Freyd

40. "Lexus" va "Vovan" prankerlari ,,shunday niqob" ostida "Garri Potter" kitoblari muallifi Joan Ketlin Roulingga qo‘ng‘iroq qilib, undan Garrining peshonasidagi “Z” shaklidagi chandiqni o‘zgartirishni talab qilishdi.

Javob: Zelinskiy

50. 1965-yilda chiqqan bir filmda Pechorin rolini ijro etgan Vladimir Ivashov uzoq vaqt sovuq suvda qolgani tufayli ovozini bo'g'ilib qoladi. Shuning uchun ushbu rolga Vyacheslav Tixonov ovoz beradi. Savol: Qaysi film?

Javob: Zamonamiz Qahramoni