Get Mystery Box with random crypto!

Shabnam Kholmamatova: Sen kuchlisan !!! Bilaman! Seni tushun | ISTAF

Shabnam Kholmamatova:
Sen kuchlisan !!!


Bilaman! Seni tushunishmaydi, kelajakdagi orzu va maqsadlaring haqida  yaqinlaringa va hattoki oilanga aytganingda:"sen yoshsan, g'o'rsan"," hali qo'lingdan kelmaydi", "qilolmaysan" "bir o'zing borolmaysan","tajribassizsan", "keyin ham bo'laveradi "-deb senga chegara qo'yishadi.Ammo sen bilmaysan hali oldinda bu umidga to'la ko'zlar sarhadsiz yerlarni kashf etishini, barcha mashaqqatlar ortida huzur -halovat borligini....


Bilaman!Sen hozir qiynalyapsan, 10ta tilni o'rganishni xohlaysan, ammo hozir senda sharoit yo'q, atigi o'z tilingni va qo'shimcha boshqa tilni chala bilasan xolos va o'z o‘zinga jim nolib qo‘yasan.Lekin sen bilmaysan: Kelajakda 10ta emas balki 20ta tilni bilarsan, balki sening kelajakda jamiyatga qilgan xizmatlaring evaziga ko‘pdan ko‘p rahmatlar eshitarsan?!!

Bilaman! Sen hozir qiyinchilik davridasan, chek chegarasiz orzular qilasan,kelajakda o‘z o‘rningni topish uchun oldinga yangi maqsadlar qo‘yasan.Insonlarga qo‘lingdan kelgancha yaxshilik qilasan, ularga mehr ulashasan va yolg‘iz qolganingda biroz qo‘rqasan uddalay olarmikanman?...Ammo sen bilmaysan kelajakda minglab insonlar mana shu sodda, samimiy insonning ortidan o‘z o‘rnini topishlarini...

Bilaman! Sen biroz qo‘rqoq, dovdirroq, biroz g‘alati va betga choparsan!Ammo sen bilmaysan: o‘sha umidsiz degan qalbing umidlarga to‘la ekanligini, o‘sha hech kimga o‘xshamagan qalbing seni boshqalardan ajratib turishini....

Bilaman! Sen kechalari uxlamaysan, go‘yo uxlasang kimdandir ortda qolib ketayotgandek tuyiladi, bilaman sen o‘zingdan hech ko‘ngling to‘lmaydi, o‘qiysan ammo kamdek tuyilaveradi.Ammo sen bilmaysan, kelajakda ayni hozirgi bilimlaring muvaffaqiyatlar debochasi bo‘lishini, hammasi sen kutgandanda ortiqroq, go‘zalroq bo‘lib kelishini va hamma orzularing birma bir ushalishini.....
Kun kelib baxtdan boshing aylanishini


Seni tushunaman...bilaman...
Sen kuchlisan!!!
Sen yengilmas insonsan!
Umuman o‘zgachasan!
Har doim o‘zing bo‘l va shunday bo‘lib qol!!
Hech qachon orzu qilishdan to‘xtama
Men senga ishonaman!!

Qarshi davlat Universiteti
Roman - german filologiyasi fakulteti
Nemis tili yo‘nalishi, 3- kurs
020- 40- guruh talabasi
Shabnam Xolmamatova