Get Mystery Box with random crypto!

Suxrob — oddiy odam

Telegram kanalining logotibi suxrob_oddiy_odam — Suxrob — oddiy odam S
Telegram kanalining logotibi suxrob_oddiy_odam — Suxrob — oddiy odam
Kanal manzili: @suxrob_oddiy_odam
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.58K
Kanalning ta’rifi

• Kam vaqt ketqazib ko‘p o‘rganish,
• Erinchoqlikni yengish,
• Qiyinlashayotgan hayotni osonlashtirish haqida blog.
Hammasi oddiy tilda, hammasi ilmiy tasdiqlangan.
Donat: 9860020105011702
Aloqa: @oddiy_odamga_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-19 10:12:28 O‘qishga kirolmaslikdan qo‘rqyapsizmi? Qanday qilib qisqa muddat ichida shuncha narsani o‘qib, imtihonga tayyor bo‘la olaman, deb o‘ylanyapsizmi? O‘qiyotganlaringiz esingizdan chiqib ketyaptimi? Erinchoqlik sizga xalaqit beryaptimi? Kelajagingizga befarq…
6.6K views07:12
Ochish/sharhlash
2022-05-17 11:19:50 Imtihonlarga tayyorlanishda foyda beradigan 5 usul
(1-qism: bu yerda)
(2-qism: siz shu yerdasiz)

2. Aralashma amaliyot (interleaving / interleaved practice)
Bu usuldan juda kamchilik foydalanadi. Maktabda biz mavzularni birin-ketin o‘rganamiz, ya'ni avvalgi mavzuni tugatganimizdan so‘ng keyingi mavzuga o‘tamiz. Bu o‘rganish usuli "bloklar bilan o‘rganish" deyiladi. Aralashma amaliyot esa buning teskarisini qo‘llaydi: birdaniga bir nechta mavzu o‘rganiladi.

Deylik, ona tilidan 5-,6-,7-sinflarni o‘rganishingiz kerak. Bloklar bilan o‘rganishda birinchi 5-sinfni o‘rganasiz, keyin 6-sinf, oxirida esa 7-sinf. Aralashma amaliyotda esa birinchi kun 5-sinfdan o‘qiysiz, ikkinchi kun 6-sinfdan, uchinchi kun esa 7-sinfdan. To‘rtinchi kuni yana 5-sinfni o‘qiysiz. Shu tartib aralashma amaliyot deyiladi. Bu usuldan foylanayotganda boshida qiyin bo‘ladi. Birinchi haftada qariyb hech narsa tushunmagandek bo‘lasiz. Lekin to‘liq hamma mavzular o‘rganilganida natijangiz baland bo‘ladi. Menda ham shunday bo‘lgan. Bu tadqiqotda ham ikkinchi haftaning o‘zidayoq aralashma amaliyotni qo‘llayotgan o‘quvchilar blok bilan o‘rganayotgan talabalardan 200 foizdan ko‘proqqa oldinlab ketishgan.

3. O‘rganish vaqtida savollar berish (elaborative interrogation)
Darsliklarda har bir mavzu oxirida savollarni ko‘rganmisiz? Ularga necha marotaba javob bergansiz? Maktabda menga o‘xshab, ularni ko‘pchilik o‘tkazib yuborgan. Afsuski, o‘sha vaqtda o‘rganishning samarali usulidan foydalanmaganman. Savollar o‘qiganingizni ko‘proq tushunishingizga yordam beradi, tushunganingizda esa xotirangizda qolishi osonlashadi. Bu metod foyda berishining ilmiy natijalarini tekshirmoqchi bo‘lsangiz, mana havola.

4. Aniq misollar orqali tushunish (analogy)
Formulalarni, qoidalarni, atamalarni misolsiz tushunish qiyin. Masalan, ona tilidan tayyorlanib, sintaksis degan atamaga duch keldingiz. U yerda "Gaplaringiz oson o‘qilishi sintaksisga bog‘liq" deb yozib qo‘yilgan. Buni misolsiz tushunib bo‘lmaydi. Bu vaqtda kitobdan, internetdan misol qidirishingiz yoki ustozingizdan misol so‘rashingiz kerak bo‘ladi: "Kechqurun onam idish-tovoqlarni yuvdi", — oddiy sintaksis, o‘qish oson. "Kun natijasiga ko‘ra, avvaldan kutilganidek, onamning harakati va mashaqqati bilan idish-tovoqlar to‘liq top-toza qilinib yuvildi" — qiyin sintaksis, o‘qish qiyin. Misollar tushunishga katta yordam berishining ilmiy tasdiqini bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

5. O‘ziga tushuntirib berish (self-explanations)
Kimgadir o‘qiganingizni oddiy qilib tushuntirib berolganingizdagina o‘qigan narsangizni tushungan bo‘lasiz. Lekin har doim oldingizda sizning tushuntirib berishingizga tayyor odam bo‘lmaydi. Olimlarning aniqlashicha, o‘zingizga tushuntirib berish ham katta foyda beradi. Ayniqsa, tushunish muhim bo‘lgan mavzularda katta effekt kuzatiladi. Tadqiqot natijalari bilan bu yerda tanishingiz mumkin.

Bu metodlar juda oddiy ko‘rinishi mumkin. «Sen aytmasang ham bularning foydasi haqida bilardik», deyishingiz mumkin. Lekin, afsuski, bilish va qilish bir narsa emas. Agar imtihonlarga tayyorlanishda yordam berishimizni xohlasangiz, "Imtihonlarg samarali tayyorlanish" kursimizni sotib olishingiz mumkin. Agar kursni sotib olib, kursdagi aytilganlarni bajarib, o‘qishga kirolmasangiz, pularingiz qaytarib beriladi.

———
Pastdagi tadqiqot surati mazmuni: testga tayyorlanganlardan ko‘ra kimgadir tushuntirib berishga tayyorlangan studentlar balandroq natija ko‘rsatgan.

———
Imtihonlarga umuman tayyorlangiz kelmayotganida nima qilish kerakligi haqida post yozishimni xohlasangiz, 444 ta " " reaksiyasini qoldiring. Men har doimgidek shundan mavzu qiziq yoki qiziq emasligini bilib olaman .
@suxrob_oddiy_odam
7.5K viewsedited  08:19
Ochish/sharhlash
2022-05-17 08:37:03
Hamma kurs sotadiganlar infolo‘ttibozlarmi?

"Subyektiv" ko‘rsatuvi muallifi Jamshidxon Ziyoxonov oxirgi ko‘rsatuvini ko‘pchilik noto‘g‘ri tushunganini aytib o‘tdi.

Oxirgi ko‘rsatuvimizdan keyin ba'zilar: "Demak, hamma trenerlar (kurslar) yomon ekan", — degan fikrga borib qolyapti. Lekin Subyektiv jamoasi bu fikrga qo‘shilmaydi. Biz ko'rsatuvimizda olib chiqqan 2 ta qahramonimizni 1 oy o‘rganib, hamma videolarini ko‘rib chiqib, xulosa qildikki, ular haqiqatdan ham infolo‘ttibozlar, ular rostdan ham odamlarni aldashyapti. Xulosa qilishga shoshilmang, deb o‘tgan Jamshidxon Ziyoxonov.

Ya'ni haqiqatda bilim beradigan kurslar ham bor.
5.3K views05:37
Ochish/sharhlash
2022-05-17 07:28:52
Esingizda bo‘lsa, kursni sotib olib, og‘ir kasal — umurtqa amiotrofiyasiga chalingan 5 yoshlik E'zozaning hayotini saqlab qolishga yordam qilishingizni aytib o‘tgan edim.

Kecha kursni sotib olgan insonlarning pullarining bir qismi E'zozaning onasiga tashlab berildi.

Agar E'zozaning o‘ziga yordam qilmoqchi bo‘lsangiz va qanday kasalga chalinganini bilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi linkka o‘ting:
telegra.ph/HelpEzozaRus-03-14
4.1K views04:28
Ochish/sharhlash
2022-05-17 06:56:54 Kursni qanday qilib bepul yutib olishim mumkin?

Ayrim insonlarning sharoiti og‘irroq yoki sog‘lig‘ida muammosi bo‘lishi mumkin. Agar sizning holatingiz shunday bo‘lsa, kursni bepul yutib olishingiz mumkin.

Buning uchun:
1. Kanalni (kursni emas, forward qilib emas, kanalning shunchaki linkini tashlab emas) 3 do‘stingizga o‘zingiz xohlagan tarzda tavsiya qilasiz. Masalan, "Bu kanalning bu-bu jihatlari yaxshi ekan, o‘qishni tavsiya qilaman"
2. Tavsiya qilganingizning skrinshotini jo‘natasiz.
3. Nima sababdan kursni sizga bepul beradigan bo‘lsak, biz adashmasligimizni tushuntirasiz.

Skrinshotlarni va xatingizni @avalboyev_s'ga jo‘natasiz.

E'tibor qiling: kurs eng yaxshi xat yozgan 2 ta odamga bepul beriladi. Birinchisi sharoiti og‘irroq odamga, ikkinchisi sog‘lig‘ida muammosi bor insonga.

Natijalar hafta oxirida, ya'ni 22-may kuni e'lon qilinadi.

Agar siz sharoiti og‘irroq va sog‘lig‘ida muammosi bor odamlardan kursda faqatgina 2 kishi emas, ko‘pchilik bepul o‘qishini xohlasangiz, @avalboyev_s'ga yozib, ularning o‘rnidan to‘lov qilishingiz mumkin. Agar siz to‘lovini qilgan odamlar kursdagi vazifalarni bajarib, o‘qishga kira olishmasa, pulingizni qaytarib beramiz.

UPD. Natijalar oy oxirida emas, hafta oxirida e'lon qilinadigan bo‘ldi
4.1K viewsedited  03:56
Ochish/sharhlash
2022-05-16 13:29:08 O‘qishga kirolmaslikdan qo‘rqyapsizmi? Qanday qilib qisqa muddat ichida shuncha narsani o‘qib, imtihonga tayyor bo‘la olaman, deb o‘ylanyapsizmi? O‘qiyotganlaringiz esingizdan chiqib ketyaptimi? Erinchoqlik sizga xalaqit beryaptimi? Kelajagingizga befarq…
4.7K viewsedited  10:29
Ochish/sharhlash
2022-05-16 07:02:35 O‘qishga kirolmaslikdan qo‘rqyapsizmi?

Qanday qilib qisqa muddat ichida shuncha narsani o‘qib, imtihonga tayyor bo‘la olaman, deb o‘ylanyapsizmi? O‘qiyotganlaringiz esingizdan chiqib ketyaptimi? Erinchoqlik sizga xalaqit beryaptimi? Kelajagingizga befarq bo‘lmasangiz, postni oxirigacha o‘qing.

Men 480 soat uyda tayyorlanib, DTM'dan maksimal 189 ball olganman. Ishonmayotgan bo‘lsangiz, mandatning rasmiy saytidan tekshirib ko‘rishingiz mumkin: mandat.dtm.uz/Home/Details/3260238

Avval o‘qishga ulgurolmay qolganlarga yordam berish maqsadida "Imtihonlarga samarali tayyorlanish" 2 oylik kursimni anons qilmoqchiman. Unda qisqa muddat ichida samarali imtihonga tayyorlanish va boshqa ko‘p narsalar o‘rgatiladi. Kurs 1-iyundan boshlanadi, har kuni darslar bo‘ladi. Agar kursni sotib olgan inson kursdagi barcha aytilganlarni to‘laqonli bajarib, o‘qishga kira olmasa, u to‘lagan barcha pullar qaytarib beriladi. Joylar soni chegaralangan.

Kurs kimlar uchun tayyorlangan?
— DTM imtihoniga tayyorlanayotganlarga;
— chet el universiteti imtihonlariga tayyorlanayotganlarga;
— tilni qanday qilib yaxshi o‘rganishni bilmayotganlarga;
— qaysidir ko‘nikmani samarali o‘rganishni xohlayotganlarga.

Kursda nimalar bo‘ladi?
— 2 oy davomida har kuni darslar;
— Qisqa muddat ichida samarali imtihonga tayyorlanish va bilim olish metodlari (hamma fandan);
— 2 oy ichida imtihonga tayyorlanish bo‘yicha reja tuzish;
— miya ma'lumotlarni qanday qabul qilishi bo‘yicha sodda tildagi ilmiy ma'lumotlar;
— erinchoqlikni yengish usullari;
— imtihonga tayyorlanishda va imtihonda paydo bo‘ladigan psixologik muammolarni yengish metodlari;
— samarali bilim olish bo‘yicha mashhur 40 ta kitob mazmuni, kitoblardagi tavsiyalar, 90 foizi o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan;
— IELTS'dan 7.5 olgan ikkinchi ustozning ingliz tilidan yordami;
— ham har kuni tayyorgarligingiz qanday ketayotgani tekshirib boriladi.

— Kursni sotib olib, og‘ir kasal — umurtqa amiotrofiyasiga chalingan 5 yoshlik E'zozaning hayotini saqlab qolishga yordam qilgan bo‘lasiz.

Kurs narxi oyiga 390 ming so‘m. Bunday narxdagi hamma fanlardan imtihonga tayyorlanishga yordam beradigan onlayn kursni topa olmaysiz. Samarali o‘rganish bo‘yicha 40 ta kitobni sotib olsangiz ham bundan qimmatroq narx bo‘ladi. Yana ularning 90 foizi o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. Hech qaysi o‘quv markazida samarali o‘rganish usullarini o‘rgatishmaydi, lekin bitta fanga 390 ming olishadi. Keyin bunday narxga ikkita o‘qituvchi sizga yordam bermaydi.

Yana bir qulaylik: kursni sotib olib, kim grantga o‘qishga kirsa, unga kursning yarim puli qaytarib beriladi. Kim maksimal ball to‘plasa, unga barcha pullari qaytarib beriladi. @avalboyev_S'ga yozing va siz bilan menejer aloqaga chiqadi.

Kelajagingiz faqatgina sizning qo‘lingizda. Imkoniyatni boy bermang

———
P.S. Kanalda imtihonlarga samarali tayyorlanish bo‘yicha postlar berib borilishi davom etadi, to‘xtab qolmaydi
9.7K viewsedited  04:02
Ochish/sharhlash
2022-05-15 15:44:30 Imtihonlarga tayyorlanishda foyda beradigan 5 usul
(1-qism)

1. Interval takrorlash (spaced repetition)

Xotirani ko‘pchilik ombor sifatida ko‘radi. Kompyuterga nimanidir saqlasangiz, u asl holicha qolganidek xotirada ham shunday qoladi, deb o‘ylashadi.

Lekin xotirani ko‘nikma deb bilish ko‘proq foyda beradi. Masalan, qaysidir futbolchi ancha vaqt futbol o‘ynamasa, uning to‘p tepish ko‘nikmasi sustlashadi, avvalgidek yaxshi o‘ynolmaydi. Xotirada ham shunday. Agar nimanidir qayta eslab turmasangiz, xotirangizdan chiqib ketadi.

Nemis olimi German Ebbingauz ma'lumotlar qanday qilib xotiramizdan chiqishini ko‘rsatib bergan. Buni pastdagi surat orqali bilib olishingiz mumkin. Masalan, 3 kundan so‘ng 80 foiz ma'lumotlarni esdan chiqaramiz.

Keling, nimanidir xotiramizda saqlab qolishni gazon (o‘t) ustida yugurishga o‘xshatamiz.

Agar birdaniga ko‘p ma'lumotni o‘qisangiz, birdaniga hamma gazonning ustidan yugurgan bo‘lasiz. Gazon egiladi, lekin tezda yana asl holatiga qaytadi. Ya'ni ma'lumot xotirangizdan chiqadi. Shuning uchun ham o‘qib bo‘lganingizdan birdan test yechganingizda ko‘p to‘g‘ri javob chiqadi, lekin 3 kun o‘tganidan keyin test yechganingizda natijangiz past chiqadi.

Agar kam-kamdan muntazam gazon ustida yugurib borsangiz, gazon egilib boraveradi, qayta turolmaydigan bo‘lib qoladi, oxiri esa gazon yo‘qolib, faqat tuproqli yer qoladi. Xotirada ham shunday.

Interval takrorlash undan ham yaxshi yo‘lni taklif qiladi. Esingizda bo‘lsa, gazonning ustida yugurganingizdan keyin gazon tezda o‘z holatiga qaytib oladi. Lekin ikkinchi marta yugurganingizda gazon o‘z holatiga qaytishiga ko‘proq vaqt ketadi. Uchinchisida undan ham ko‘p. To‘rtinchisida undan ham ko‘p-ko‘p. Xotiramizda ham shunday.

Interval takrorlash bundan iborat: o‘qiganingizni bir kundan keyin test orqali takrorlaysiz, xatolar chiqsa, ularni yana bir o‘qib olasiz. Endi bir kundan keyin emas, ikki kundan keyin test orqali takrorlaysiz, xatolar chiqsa esa yana bir o‘qib olasiz. Keyingi safar ikki kun emas, uch kundan so‘ng test orqali takrorlaysiz. Va shu tartibda davom etasiz. Qarabsizki, imtihonga bir kun qolganida birdaniga hammasini takrorlashga to‘g‘ri kelmaydi. Ham interval takrorlagan bilimlaringiz uzoq muddatga esingizda qoladi.

Xullas, takrorlash — bilimlarning onasi.

———
Imtihonlarga to‘g‘ri tayyorlanish usullari haqidagi postning 2-qismi chiqishini xohlasangiz, 500 ta " " reaksiyasini qoldiring. Men har doimgidek shundan mavzu qiziq yoki qiziq emasligini bilib olaman .
@suxrob_oddiy_odam
6.1K viewsedited  12:44
Ochish/sharhlash
2022-05-13 09:32:11 Abituriyentlar imtihonlarga tayyorlanishda ko‘p qiladigan 5 xato

Odam o‘rganishning xato usullaridan foydalanib, 10 soat o‘rganib ham qariyb hech nima o‘rganmasligi mumkin. Tasavvur qiling, abituriyent shuncha o‘zini berib, 3 oy 10 soatdan tayyorlansa-yu, qariyb hech nimani o‘rganolmagan bo‘lsa. Shuning uchun imtihonlarga tayyorlanishda qilinadigan xatolarni bilib qo‘ygan foydali.

1. Qayta va qayta o‘qish.
Oldingi postdagi shuncha tayyorlanib ham imtihondan o‘tolmagan Samirni misol qilib olaylik. Samir boshini ushlab olib, bir mavzuni birdaniga qayta va qayta o‘qiverardi. Bu usul Samirga birdaniga imtihon topshirganida foyda berardi. Lekin boshqa hollarda umuman foyda bermaydi.

Eng yomoni — qayta va qayta o‘qish "bilim illyuziyasi"ga olib keladi. Ya'ni Samir har qayta o‘qiganida mavzu unga tanishroq bo‘lib boraveradi. Ammo bu yolg‘on tasavvur, bu usul testda javoblarni eslay olishiga yordam bermaydi.

2. Tagiga chizib o‘qish
Samir har xil rangdagi flomasterlarni olib, kitob o‘qiyotganida muhim nimanidir ko‘rsa, tagiga chizib qo‘yardi. Bu unga muhim narsalarni yodlab qolishiga yordam beradi, deb o‘ylardi.

Lekin unday emas. Nimanidir tagiga chizgani Samirning miyasiga ma'lumotni solib qo‘ymaydi. Bu usul ham qayta va qayta o‘qishdek "bilim illyuziyasi"ni paydo qiladi. Samir agar men nimaningdir tagiga chizib qo‘ysam, o‘sha narsa xotiramda qoladi, deb o‘ylaydi. Imtihonga kirganida xotiram pastmi, deb, javoblarni eslayolmaydi.

3. Tushunmasdan yodlash
Samir qiyin matametik formulaga qarardi-yu, uni tushunish qiyin deb, formulani shunchaki yodlashga harakat qilardi. Boshida birdaniga esda qoladi. Lekin miyada bir xususiyat bor, agar u biron narsani tushunmasa, tezda esdan chiqarib yuboradi. Shu sababdan ertasi kuni yoki bir haftadan keyin Samir formulani eslashi kerak bo‘lganida eslayolmaydi.

Agar Samir hamma formulalarni tushunmasdan yodlaydigan bo‘lsa, formulalar xayolida chalkashib ketib, misol ishlashini aksincha qiyinlashtiradi. Formulani boshida tushunishga ko‘proq vaqt ketadi, lekin tushunmasdan yodlashga qaraganda odam tezroq yodlab qoladi.

4. To‘xtamasdan o‘qish
Samir qaysidir motivatsion videoni ko‘rardi-da, 3-4 soatlab, ba'zida 8 soatlab to‘xtamasdan imtihonga tayyorlanardi. Lekin bu foydadan ko‘ra zarar beradi. Sababi miya bitta narsaga uzoq muddat e'tiborini qaratgani sari ma'lumotni yaxshi qabul qilishi qiyinlashib boraveradi. O‘qilgan narsalar miyadan chiqib ketaveradi. Orada qisqa tanaffuslar qilib turish kerak.

5. Kam uxlash
Samir qarasa, uyquga 7-8 soati ketayotgan ekan. Agar uyqudan 2-3 soatini olsa, imtihonga ko‘proq vaqt ajrata olar ekan. Qanday yaxshi! Samir kam uxlab, ko‘p o‘qishni boshlaydi.

Lekin keyinchalik o‘qishga erinchoqligi boshlanadi. Erinchoqligini yengganidan keyin ham dars vaqti yo uxlab qoladi, yo o‘qiganini tushunmay qoladi. Ikki kundan keyin o‘qiganlarining ko‘pini eslay olmaydi. Sababi odam uxlagan vaqti hech narsa bo‘lmagandek tuyulsa ham odam charchog‘ini chiqarib, o‘ziga kuch oladi. Quvvati yo‘q odam yaxshi tayyorlana olmasligi tabiiy. Bundan tashqari, odam uxlayotganida miya o‘rgangan ma'lumotlarini o‘zi takrorlaydi, ya'ni uxlayotganingizda ham qiynalmasdan ma'lumotlarni takrorlagan bo‘lasiz. Shuning uchun ko‘p ham emas, kam ham emas me'yorida uxlash kerak. Bekordan bekorga odamning uxlashga ehtiyoji yo‘q.

———
Imtihonlarga to‘g‘ri tayyorlanish usullari haqida post yozishimni xohlasangiz, 100 ta " " reaksiyasini qoldiring. Men har doimgidek shundan mavzu qiziq yoki qiziq emasligini bilib olaman .
@suxrob_oddiy_odam
8.6K viewsedited  06:32
Ochish/sharhlash
2022-05-07 15:00:43 ​​Birinchi imtihonda hamma ikki olishi haqida

Tasavvur qiling: Samir va Samira degan maktab o‘quvchilari bor. Ularning ikkalasi ham o‘qishga bir xil vaqt ajratishadi. Lekin 9-sinf imtihonida Samir "2", Samira esa "5" oladi.

Shunda Samir: "Mening miyam o‘zi shunaqa yaxshi ishlamasa kerak, katta muvaffaqiyatlarga erisha olmaydigan oddiy odamman. Samiraning xotirasi kuchli, omadi bor", — deb o‘ylaydi.

Samira Samirning xafa bo‘lib o‘tirganini ko‘rib: "Hamma aslida oddiy odam. Hamma birinchi imtihonda ikki oladi. Men besh olganimning sababi ko‘p o‘zimni imtihon qilganman, testlar, misollar yechganman. O‘shalar menga birinchi imtihon bo‘lgan, o‘shanda men ko‘p ikki olganman. Sen esa ko‘p o‘qib o‘tirarding, lekin o‘zingni imtihon qilmasding. O‘zingni avval imtihon qilmaganing uchun birinchi imtihoning shu yerda bo‘ldi va ikki olding".

Samir "5" olishning sirini bilgandek xursand bo‘ladi. Litseyga kirish imtihonlariga Samira aytgandek tayyorlanishni boshlaydi. Lekin yana Samir imtihondan yiqilib, Samira imtihondan o‘tadi.

Samir endi battar xafa bo‘lib, hayotni adolatsiz deb o‘ylashni boshlaydi. Samira yana Samirning xafa bo‘lib o‘tirganini ko‘rib: "Sen bir narsani tushunmabsan. Sen faqat test yechaverding, lekin javoblaringning qayerida xato chiqqaniga e'tibor bermading. Shunchaki, faqat test yechaverding. Agar birinchi imtihoningdagi xatolarni aniqlab, ularni o‘rganib, to‘g‘ri javob topishni bilib olganingda keyingi imtihoning ikkinchisi bo‘lardi. Sen esa xatolaringni o‘rganib chiqmaganing uchun yana qaytadan 1-imtihoningni topshiryapsan. Masalan, ona tilidan bitta testni yecha olmading. Nima sababdan shunday bo‘ldi, deb qaraysan. Qarasang, test bo‘lib tushgan mavzuni unchalik ham yaxshi tushunmagan ekansan. Keyin o‘sha mavzuni yaxshilab o‘qib, shu bo‘yicha har xil testlar yechasan. Shunday qilib, bitta mavzuni yaxshi bilib olasan. Keyingi imtihoningda yana qayerdadir xato qilasan. Keyin uni yaxshilaysan. Qarabsanki, qancha ko‘p test yechib, undagi xatolaringni bilib olganing sari natijang ham oshib boradi".

Samir: "A, tushundim", — deydi, "Bu imtihonlar unchalik ham muhim emas edi. Endi universitet imtihoniga zo‘r tayyorlanaman". Keyin Samir 2 yil Samira aytgandek ish tutishni boshlaydi.

1-avgust kuni keladi. Samir yana imtihondan yiqilib, Samira yana imtihondan o‘tadi...

Imtihonga tayyorlanayotganda abituriyentlar ko‘p qiladigan xatolar haqida post yozishimni xohlasangiz, " " reaksiyasini qoldiring. Men har doimgidek shundan mavzu qiziq yoki qiziq emasligini bilib olaman .
@suxrob_oddiy_odam
9.7K views12:00
Ochish/sharhlash