Get Mystery Box with random crypto!

#Farg'ona viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon | СЎХ ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ

#Farg'ona viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Farg'ona viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:

Yoshlar ishlari agentligi Uchko‘prik tumani bo‘limi: "Uchko`prik" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.

Yoshlar ishlari agentligi So‘x tumani bo‘limi: "Devayron", G`aznov mahallasidagi yoshlar yetakchisi.

Yoshlar ishlari agentligi Quva tumani bo‘limi: "Ittifoq", "Dehqonobod", "Do`stlik" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.

So‘x tumani Оila va xotin-qizlar bo‘limi: “Zangat” mahalladagi хotin-qizlar faoli.

Toshloq tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Guzarboshi" mahalladagi хotin-qizlar faoli.

Arizalar 31.03.2023 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizalarni elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

Tanlov jarayonlari yuzasidan murojaatlar uchun Agentlikning Farg'ona viloyati filiali 73-243-92-28

Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Vakansiyalar kanali —@vacancy_argos