Get Mystery Box with random crypto!

Mensiz qolgan lahzada yig'la faqat bir kun, faqat bir marta. | 🌊SUV va OLOV🔥

Mensiz qolgan lahzada yig'la
faqat bir kun, faqat bir marta.
Faqat mensiz yig'lagin achchiq
Yurakdan...

To ungacha yig'lamay yasha,
Kulguyingdan yashnasin ochun.
Axir seni yaratgan Xudo
baxt uchun...

Kokilingga arg'imchoq solsa
g'amlar, asta quchoqlasa dard.
Parvo qilmay, tabassum qilib
Unga meni borligimni ayt.

Zulmat tushsa guldirab osmon
tun ko'ksini yorsa gar chaqin.
Qo'rqma asta shivirlab ismim
chaqir...
To men borman chinakam yasha
gulga o'rab hayoling, shodon.
Faqat bir kun...
Bir marta yig'la,
men Xudoga yaqinlashgan on!

Aziz Nur
2016

t.me/suvolov1