Get Mystery Box with random crypto!

surxontongi.uz

Telegram kanalining logotibi surxontongi — surxontongi.uz S
Telegram kanalining logotibi surxontongi — surxontongi.uz
Kanal manzili: @surxontongi
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 115
Kanalning ta’rifi

"Surxon tongi" va "Заря Сурхана" gazetalari tahririyatining rasmiy telegram kanali.

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-16 12:12:31
SAMARQANDLIK TALABALAR SURXONDARYODA…

Ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi o‘ziga xos hamkorlik yo‘lini tanlagan.

Samarqand-u Buxoroni ham sayohat, ham ziyorat qilish maqsadida oshiqqan bo‘lsak, samarqandliklar ham Surxondaryo bilan tanishish maqsadida sayohatga otlanishdi.

Batafsil: https://surxontongi.uz/2022/09/15/samarqandlik-talabalar-surxondaryoda/
114 views09:12
Ochish/sharhlash
2022-09-16 12:09:42
Yutuqlar emas, kamchilliklarga ham to‘xtalib o‘tildi

Ayniqsa, partiyalar o‘z yutuq va kamchiliklarni tinimsiz tahlil-u tanqid qilib tursa, bu ish butun millat, unda yashayotgan xalq uchun ham naf yetkazadi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxandaryo viloyati Kengashining navbatdagi IV Plenumi aynan shu maqsadlarga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxontongi.uz/2022/09/15/yutuqlar-emas-kamchilliklarga-ham-toxtalib-otildi/
94 views09:09
Ochish/sharhlash
2022-09-16 12:03:03
Shoxrux Davlatov xalqaro marafonda g‘olib…

Sariosiyolik yengil atletikachi Shoxrux Davlatov Qozog‘iston Respublikasi Shimkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro marafonda ishtirok etib, yugurish bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil: https://surxontongi.uz/2022/09/15/shoxrux-davlatov-xalqaro-marafonda-golib/
87 views09:03
Ochish/sharhlash
2022-09-14 06:41:15
Imom Abu Iso Muhammad Termiziy filmi namoyish etildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida o‘tkazilgan taqdimot marosimida Abu Iso Muhammad Termiziy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.

Batafsil: https://surxontongi.uz/2022/09/13/imom-abu-iso-muhammad-termiziy-filmi-namoyish-etildi/
106 views03:41
Ochish/sharhlash
2022-09-14 06:38:35
“Ishim sabab hayot- yashashga qiziqishim ortdi…”

Zafar 20 yoshda, tengdoshlari qatori ishlashni, oilasiga, onasiga naf keltirishni istaydi. Yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan o‘rinli foydalanishni boshlagan Z.Toshmurodov ilk qadamni tashladi — “Yoshlar daftari”ga kiritildi.

Buni qarangki, qisqa fursatda istagi amalga oshib, uni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan yengil konstruksiyali doʻkon qurib berildi va kompyuter xizmatlari uchun kerakli jihozlar bilan taʼminlandi.

Batafsil: https://surxontongi.uz/2022/09/13/ishim-sabab-hayot-yashashga-qiziqishim-ortdi/
1.1K views03:38
Ochish/sharhlash
2022-09-14 06:36:59
SHOIRADAN “MAHORAT DARSI”

Sho‘rchi tumanidagi 9-umumta’lim maktabiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Mo‘minova she’riyatga endigina tetapoya qilayotgan yoshlarga mahorat darsi o‘tdi.

Batafsil: https://surxontongi.uz/2022/09/13/shoiradan-mahorat-darsi/
138 views03:36
Ochish/sharhlash
2022-09-13 09:54:47
Litseyda “Uch avlod uchrashuvi”

Termiz shahrida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Surxondaryo viloyatida ilk chegarachilar harbiy qismi tashkil etilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

https://surxontongi.uz/2022/09/13/litseyda-uch-avlod-uchrashuvi/
88 views06:54
Ochish/sharhlash
2022-09-13 09:49:29
Tog‘li o‘shorliklarning orzusi ushaldi

Voha markazidan qariyb 200 kilometr olisda, baland tog‘lar qo‘ynida Denov tumanining so‘lim O‘shor qishlog‘ida 120 o‘rinli 43-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Batafsil: https://surxontongi.uz/2022/09/13/togli-oshorliklarning-orzusi-ushaldi/
83 views06:49
Ochish/sharhlash