Get Mystery Box with random crypto!

“Oqila ayollar” harakati: “Yangi O‘zbekistonda yangi ma’naviy | surxontongi.uz

“Oqila ayollar” harakati: “Yangi O‘zbekistonda yangi ma’naviy makon yaratamiz…”

Prezidentimiz ham joriy yilning 1-mart kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida joylarda obro‘-e’tiborli, katta tajribaga ega “Oqila ayollar” harakatini tashkil etish g‘oyasini ilgari surganlarida ham ayni shu ma’no mujassam. Ushbu g‘oyaning amaldagi isboti sifatida Surxondaryo viloyatida ham jamoatchilik asosida ish yuritadigan mazkur harakat faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hududlarda ko‘ngilli hamda faol ayollar orasidan harakat a’zolari tanlab, saralab olindi.

Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da Surxondaryo viloyati “Oqila ayollar” harakati a’zolarining anjumani tashkil etildi. “Oqila ayollar” harakati yetakchisi va o‘rinbosarlari saylangan anjumanda harakatning viloyat, tuman va shahar, mahalla boshlang‘ich guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Batafsil: https://surxontongi.uz/2022/09/22/oqila-ayollar-harakati-yangi-ozbekistonda-yangi-manaviy-makon-yaratamiz/