Get Mystery Box with random crypto!

G'usl qanday qilinadi? G'uslning uch farzi bor: 1. Og‘izni ha | Surxonmuslim.uz

G'usl qanday qilinadi?

G'uslning uch farzi bor:
1. Og‘izni halqumgacha chayish;
2. Burunni achitib chayish;
3. Butun badanni yuvish.
G'usl tartibi quyidagicha: badanga maniy tekkan bo‘lsa, avval yuvib ketkaziladi. So‘ngra suv bilan istinjo qilinadi - oldi va orqa yo‘llar yuviladi va tahorat qilinadi. Yuvinadigan joyda suv to‘planadigan bo‘lsa, tahoratda oyoqlar yuvilmaydi, g‘usl so‘ngida yuviladi. Keyin boshdan uch bor suv quyiladi. Bosh uch bor yuvilgach, o‘ng va chap yelkalardan ham uch martadan suv quyilib, butun a'zoi badan yuviladi. G'uslda badandagi biror tukning ham ostiga suv yetmay qolmasligi kerak. Birinchi suv quyganda badanni ishqalash sunnatdir. Ayollar g‘usl paytida quloqdagi sirg‘a va qo‘llaridagi uzuklarini qimirlatib, ular o‘rniga suv yetkazishlari zarur. Er-xotin jinsiy aloqadan oldin ayol sochini turmak qilgan bo‘lsa sojding tagiga nam yetkazadi, ayolning sochi yoyilgan xolatda jinsiy aloqa qilsa sochini xam qo‘shib yuvishlik kerak bo‘ladi. Agar badanga (sochga, tirnoqqa...) suv yetkazishga mone'lik qiluvchi bo‘yoq kabi narsalar surilgan bo‘lsa, g‘usldan oldin ularni ketkazish shart, aks holda g‘usl o‘rniga o‘tmaydi. Shuningdek, tishlar orasidagi ovqat qoldiqlarini ham tozalash kerak. Kindik kovagiga suv yetkazishni esdan chiqarmaslik zarur. G'uslda qiblaga yuzlanib yuvinish sunnatga xilofdir. G'usl asnosida gapirish odobsizlikdir. Avrat yopilib g‘usl qilinadi. G'usl vojib bo‘lgan kishilar, Qur'oni karim tilovat qilishlari, oyatlarini yozishlari va masjidga kirishlari mumkin emas.

Sherobod tumani "Sherobod" jome masjidi imom noibi Samandar Po‘latov.
https://t.me/surxonmuslimuz