Get Mystery Box with random crypto!

Aziz o‘quvchilar! World Clean Up Day - Butunjahon tozalik kun | Surxondaryo VXTB boshlig'i | Suluv Xamidova

Aziz o‘quvchilar!

World Clean Up Day - Butunjahon tozalik kuni dunyoda juda ko‘plab mamlakatlarda nishonlanadigan atrof-muhitni tozalash bayrami kunidir.

Butunjahon tozalik kuni 180 dan ortiq mamlakatda odamlarni birlashtirib, keng ko‘lamli ko‘ngillilar ijtimoiy harakatiga aylandi. O‘zbekistonda ham bu yil 18-sentyabr kunida ushbu sana keng nishonlanishi kutilmoqda.

Buning uchun ko‘plab maktablarimizda ekologiya bo‘yicha alohida taqdimotlar o‘tkaziladi va o‘quvchilarga atrof-muhitni asrash, chiqindilarni saralash va qayta ishlash haqida so‘zlab beriladi.

Ushbu darslarda faol ishtirok etasiz degan umiddamiz. Uyga qaytganingizda ota-onangiz, aka-ukalaringiz hamda do‘stlaringizga o‘rganganlaringiz va yurtimizni toza tutish uchun nimalar qilishingizni aytib bering.

Yurtimizni toza saqlash bizning qo‘limizda. Buning uchun tozalashdan ham ko‘ra, axlat tashlashni, ayniqsa uzoq muddatda parchalanadigan plastik, alyumin, shisha kabi idishlarni duch kelgan joyga tashlanishining oldini olishimiz zarur.