Get Mystery Box with random crypto!

Har yili Uzun tumanida yogʻingarchiliklar sabab daryolarda suv | Surxondaryoliklar | Расмий Саҳифа🗣

Har yili Uzun tumanida yogʻingarchiliklar sabab daryolarda suv toshib, sel keladi. Zovurlarda toshgan sel aholi tadbirkorlik binolari va shaxsiy uylariga yaxshigina zarar yetkazadi. Bu yil ham Yangi Kuch mahallasidan oʻtgan zovurda suv toshdi. Hatto zovur ustida aholi qurgan koʻpriklarni buzishga toʻgʻri keldi. Bu holatni Uzun tuman ikkinchi sektor rahbari B.Boymurovga aytganimizda u kishi: yogʻingarchiliklar toʻxtasin hammasini qaytadan mustahkam qilib quramiz - dedi.

Kuni kecha ikkinchi sektor xodimlari Yangi Kuch mahallasiga maxsus texnikalarni olib kelib avvaliga zovurni bir boshidan tozalab, undan keyin buzilgan koʻprik joyini kattaroq qilib, diametri katta quvurlarni qoʻyib ustidan sement beton qoplamasini yotqizdilar.

Ikkinchi sektor xodimlarini shunday xayrli ishlarida bardavom boʻlishlarini soʻrab qolamiz!

(Сурхондарёликлар)
Тарқатинглар
https://t.me/joinchat/AAAAAFPwXpssSNOiNyR2Sg