Get Mystery Box with random crypto!

'Toshkent metropoliteni' DUKning metro yo‘lovchilariga MUROJAA | SURXONDARYOLIKLAR.UZ

"Toshkent metropoliteni" DUKning metro yo‘lovchilariga MUROJAATI!

Hurmatli yo‘lovchilar!

Joriy yilning sentabr oyidan boshlab metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan kuniga 200 mingdan oshishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra sentabr oyida bir kunda 550-580 ming, oktabr oyida 600 mingga yetadi.

Shu sababli, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida, poytaxt metropoliteni tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shuningdek, bu borada yo‘lovchilar ham metropolitendan foydalanish qoidalariga amal qilishlarini so‘raymiz. Harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezdan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi.

Bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, metrodan doimiy tarzda foydalanuvchi yo‘lovchilar to‘lovni bank va transport kartalari orqali amalga oshirishsa, o‘z vaqtlarini tejashlari hamda kassa oldidagi tirbandlikni maksimal darajada kamaytirishiga zamin yaratadi.

Yuqoridagi qoidalarga amal qilib, yo‘lovchilarga xavfsiz va madaniyatli xizmat ko‘rsatishda o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.

"Toshkent metropoliteni" DUK ma’muriyati

***

Обращение ГУП «Тошкент метрополитени» пассажирам метрополитена!

Уважаемые пассажиры!

Ожидается, что с сентября этого года количество пассажиров, пользующихся метро, превысит 200 000 человек в день по сравнению с прошлым годом. По прогнозам, в сентябре она достигнет 550-580 тысяч в сутки, а в октябре 600 тысяч.

В целях предотвращения возможных скоплений в столичном метрополитене ведутся планомерные работы. В связи с этим просим всех пассажиров метрополитена соблюдать правила пользования метро. Во время передвижения поддерживать взаимное уважение, не загараживать входные двери вагона, не стоять возле дверей, пока пассажиры внутри не освободят поезд, по мере возможности двигаться быстрее, покинуть вагон после прибытия в пункт назначения, чтобы не препятствовать другим пассажирам, не опираться на двери вагона, не оставлять личные вещи в вагоне и зоне метро.

Все это положительно влияет на выполнения интервалов по плану.

Стоит отметить, что пассажиры, регулярно пользующиеся метро, могут сэкономить время и минимизировать скопление перед кассами, если будут расплачиваться банковскими и транспортными картами.

Мы надеемся, что вы внесете свой вклад в обеспечение безопасного и цивилизованного обслуживания пассажиров, соблюдая вышеуказанные правила.

Администрация ГУП «Тошкент метрополитени»

https://t.me/Toshkent_metropoliteni_rasmiy