Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli iste’molchilar! Mustaqiligimizning 31 yillik bayrami | Surxondaryoda nima gap? | Rasmiy kanal

Hurmatli iste’molchilar!

Mustaqiligimizning 31 yillik bayramining keng nishonlanishi munosabati bilan “Hududgazta’minot” AJ iste’molchilardan dam olish kunlarida gazdan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya qilish, isitish asboblarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, dudburon tizimiga alohida e’tibor berishlaringizni so‘raydi.

Gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yo‘l qo‘ymasligingizni va gaz hidi paydo bo‘lgan holda, 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz.

“Hududgazta’minot” AJ bayram kunlarida tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida, iste’mol qilingan «zangori» yoqilg‘i hamda gaz ta’minoti xizmatlari uchun jismoniy va yuridik shaxslardan o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishni so‘raydi.

To‘lovlarni tuman gaz ta’minoti shoxobchalarida va banklarning tegishli filiallarida, shuningdek “Apelsin”, “Payme”, “UPay”, “Click”, “Zoomrad” mobil ilovalar orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.

“Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati