Get Mystery Box with random crypto!

#MATBUOT_ANJUMANI Bugun viloyat matbuot uyida “Surxondaryo | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

#MATBUOT_ANJUMANI

Bugun viloyat matbuot uyida “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘tgan 2023-yil 1-chorakdagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Hatamovning axboroti tinglandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirokidagi matbuot anjumani davomida yuridik texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berilib, OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.

Telegram