Get Mystery Box with random crypto!

Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman moliya bo‘limi, t | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman moliya bo‘limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali hamda tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkillashtirildi.

Targ'ibot davomida ishtirokchilarga qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021-yildagi PF-27-son “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 21.12.2022-yildagi PF-269-son “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 21.12.2022-yildagi PQ-447-son Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari mazmun-mohiyati borasida ma'lumotlar berildi. Yakunda esa ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.