Get Mystery Box with random crypto!

YURIDIK XIZMAT KO'RSATISH MARKAZI TOMONIDAN SEMINAR TASHKIL ET | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

YURIDIK XIZMAT KO'RSATISH MARKAZI TOMONIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

Termiz shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari, Viloyat bandlikka ko'maklashish markazi xodimi hamda "Madad" NNT vakili ishtirokida Termiz shahridagi barcha yuridik xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlar uchun seminar tashkil etildi.

Unda asosan, ishtirokchilarga oʻtgan davr mobaynida "E-huquqshunos" tizimi orqali hujjat loyihalarini joʻnatishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar toʻgʻrisida tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarga Prezidentimizning 2022 yil 21- dekabrdagi "Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun-mohiyati xususida batafsil ma'lumotlar ham berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site