Get Mystery Box with random crypto!

#HUQUQIY_TARG'IBOT Denov tumani Adliya bo‘limi yetakchi mas | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

#HUQUQIY_TARG'IBOT

Denov tumani Adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Ch.Jo‘rayev va 2-son FXDYO bo‘linmasi boshlig‘i D.Samatova tashabbusi bilan tumandagi Z.M.Bobur mahallasida istiqomat qilib kelayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xotin-qizlarning nikoh va oilaviy munosabatlariga oid muammoli masalalar muhokama etildi.

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ularga amaldagi qonunchilik normalari asosida huquqiy tushuntirish berildi.

Uchrashuv jarayonida 1 nafar fuqaroning nikohdan o‘tish uchun ariza berishi yuzasidan murojaati ko‘rib chiqilib, 2-son FXDYO bo‘linmasi tomonidan ijobiy hal qilinish yuzasidan choralar belgilandi. Shuningdek, 5 nafar fuqaroga muammosi yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site