Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi O'zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan barch | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

#Bilasizmi

O'zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar tegishli himoya belgilariga ega bo'lgan quyidagi banknotlarni hech qanday moneliksiz to'lovga qabul qilishlari va tushum puli sifatida banklarga topshirishlari lozim:

har qanday qismida teshik yoki yirtilish bo'lgan, qog'ozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qog'oz ko'rinishiga kelib qolgan) hamda dog'lari bo'lgan va turli rasm va yozuvlar yozilgan banknotlar;

yirtilib bo'laklarga ajralgan va yelimlangan pullar (agar pulning qismlari shubhasiz bitta banknotga tegishli bo'lsa);

bo'yoq moddalari yoki kislota to'kilgan, tabiiy rangi o'zgargan, kuygan, bo'yalgan yoki chizilgan pullar;

umumiy hajmining 55 foizidan kam bo'lmagan qismini saqlab qolgan banknotlar.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin