Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo Zakovat Klubi

Telegram kanalining logotibi surxondaryo_zakovat — Surxondaryo Zakovat Klubi S
Telegram kanalining logotibi surxondaryo_zakovat — Surxondaryo Zakovat Klubi
Kanal manzili: @surxondaryo_zakovat
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.11K
Kanalning ta’rifi

“Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
Siz ushbu kanalda viloyatimiz “Zakovat” klubi faoliyatiga oid barcha yangiliklarni kuzatib borasiz.
Hududiy koordinator: @SalohiddinOdilov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 17:23:50 #Breaking_news Termiz davlat universitetining "Imperiya" va Termiz davlat pedagogika institutining "Nobel" jamoalari tarqalib ketishi arafasida turibdi...

Maʼlumot oʻrnida, bu ikki jamoa kuzgi mavsumda "Oliy liga"da oʻynashi kerak edi...


@Surxondaryo_Zakovat
334 viewsSalohiddin Odilov, 14:23
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:03:50
Quyidagi jamoalarda yangi mavsum oldidan boʻsh oʻrinlar mavjud:

"Ideal Plus" - ta boʻsh joy (TerDUdan boʻlishi kerak), talabgorlar @Farrux_Normurodov ga aloqaga chiqishlari soʻraladi;

"Maqsadlilar" - ta boʻsh joy, talabgorlar
@husa_n2 ga aloqaga chiqishlari soʻraladi;

"Legion Plus" - ta boʻsh joy (talaba boʻlishi kerak), talabgorlar
@Nurqobil ga aloqaga chiqishlari soʻraladi;

"Elita" - ta boʻsh joy, talabgorlar
@begench96 ga aloqaga chiqishlari soʻraladi;

"Doʻstlik" - ta boʻsh joy, talabgorlar
@Madinaxonim_Abdullayeva ga aloqaga chiqishlari soʻraladi.

@Surxondaryo_Zakovat
426 viewsSalohiddin Odilov, edited  12:03
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:37:31
#Transfer

Yozgi mavsumda koʻrinish bermagan "Oʻzgacha" jamoasi kuzgi mavsumda chempionlikni koʻzlayapti...

Termiz davlat universitetining "Oʻzgacha" jamoasi ikki nafar tajribali bilimdonlar — Ilhom Yangiboyev va Komil Jabborovni oʻz safiga qoʻshib olganini eʼlon qildi.

Ushbu bilimdonlar bungacha "Imperiya" va "Forever" jamoalarida faoliyat olib borishgan.


@Surxondaryo_Zakovat
469 viewsSalohiddin Odilov, 10:37
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:55:18
Rasman "Transfer oynasi" Surxondaryo zakovat klubida ochildi...

"Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan oʻtkaziladigan "Surxondaryo kuzgi mavsum oʻyinlari" 25-sentyabr sanasida boshlanadi. Ungacha boʻlgan vaqt davomida jamoalar oʻz tarkibiga istalgan bilimdonlarni taklif qilishi mumkin...

Jamoaga yangi bilimdon qoʻshib olish istagida boʻlgan jamoalar @SalohiddinOdilov manziliga aloqaga chiqib, eʼlonlar doskasiga oʻz vakansiyasini qoʻshishlari mumkin. Eʼlon joylash bepul.

@Surxondaryo_Zakovat
435 viewsSalohiddin Odilov, edited  06:55
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:39:28 Maʼlumot oʻrnida, "Ideal Plus" jamoasi 2017-yilda TerDU, Geografiya taʼlim yoʻnalishi talabalaridan tuzilgan holda tashkil etilgan boʻlib, dastlab "Bilimdonlar" nomi ila turnirlarda ishtirok etgan. 2018-yilda esa jamoa endi "Geostar" nomi bilan bir qator universitet miqyosidagi musobaqalarda zafar quchadi. 2019-yilda jamoa "Surxon yoshlari" sifatida endi Respublika miqyosida ham oʻzini koʻrsata boshladi. Ilk yutuq 2019-yil 18-may sanasiga toʻgʻri kelib, Samarqanddan qoʻshimcha savollardagi sustkashlik sabab 2-oʻrin bilan ortga qaytgan edik. Shundan soʻng 2019-2020-yillarda yana bir necha bor Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlaridagi yirik turnirlarda ishtirok etib sovrinsiz "tajriba" bilan qaytganmiz.

Karantindan soʻng viloyat miqyosida koʻp bora sovrindor boʻlgan jamoa endi 2021-yil may oyida oʻz nomini "Ideal Plus" qilib oʻzgartirdi va "Breyn-ring" turniri uchun roʻyxatdan oʻtdi. Yangi nom tanlash jarayonida "Ideal" soʻzi Choriyor Maxmatraimovdan "Plus" soʻzi esa Salohiddin Odilovdan chiqqanligi ham ayni tarixiy jarayondir.
May oyining oʻzida finalga qadar yetib borgan jamoa, oktyabr oyida afsuski Buxorodagi finalni boy berdi. Biroq, "Super final" bahslarida kuchli 16 ta jamoa safida turib Prezident sovrini - Gentra uchun kurash olib borgani va finalchilar Navoiyga magʻlub boʻlib musobaqani tark etgani eʼtiborga molik jihatdir.

Ushbu xotiralar bekorga eslanmadi, yaʼni yuqoridagi barcha marralarni Choriyor Maxmatraimov, Juma Xudoyorov, Anvar Murodillayevlar birgalikda bosib oʻtkanmiz. Shaxobiddin Toʻxtayev 2021-yil, Farrux Normurodov esa 2022-yil (2020-yilda jamoani tark etgan edi) bizni safimizga qoʻshildi, Dilshod Eshmoʻminovni 2022-yil umidli yosh sifatida tarkibga jalb qildik. Qurbonmurod Mustayev ham aksariyat oʻyinlarda bizga yordam berib turadi.

Fursatdan foydalanib men bilan yelkama-yelka salkam 5 yil davomida oʻynab kelgan jamoadoshlarimga tashakkur aytaman, sizlar bilan faxrlanaman. Umid qilamanki kelajakda bizlarsiz ham viloyatdagi eng kuchli jamoa sifatida oʻz kuchingiz bilan tanilasiz. Mansab va tobut meniki deya olmaganimiz kabi, kun-kelib lavozimdan boʻshab yana zakovatchi boʻlib ortga qaytsam meni qabul qilasizlar degan umiddaman. Albatta hech nima abadiy emasdir...

S.Odilov

@Surxondaryo_Zakovat
373 viewsSalohiddin Odilov, edited  06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:48:21
"Ideal Plus" jamoasining "asoschilari" jamoani tark etdi...

"Zakovat" yurtimizda ommaviy bir harakatga aylanib ulgurdi. Shu munosabat bilan har bir hududda "Zakovat intellektual klubi" NNTga xodimlar ishga qabul qilinmoqda. Xabaringiz bor, dastlab Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori lavozimiga Salohiddin Odilov tayinlangan boʻlsa, avgust oyidan boshlab esa yana 3 nafar bilimdon hududiy koordinator yordamchilari sifatida tanishtirildi. Ular orasida Choriyor Maxmatraimov ham bor. Hududiy koordinator va hududiy koordinator yordamchilari esa viloyatimiz boʻylab oʻtkaziladigan rasmiy turnirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega emaslar, shu sababdan Salohiddin Odilovdan keyin jamoaga sardorlik qilib kelayotgan Choriyor Maxmatraimov ham jamoa bilan xayrlashdi. Endi jamoaga Farrux Normurodov sardorlik qilishi kutilmoqda...

"Ideal Plus" jamoasi sobiq oʻyinchilariga sodiqlikni saqlab qolgan holda, jamodagi 7 va 8-zahira oʻrinlarini ayni ushbu ikki bilimdon uchun ajratib qoʻyadi...


@Surxondaryo_Zakovat
495 viewsSalohiddin Odilov, 05:48
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:42:35
Mahalla va maktab turniniri uchun roʻyxatdan oʻtgan Surxondaryo viloyati bilimdonlarining tumanlar kesimida taqsimlanishi (30.08.2022-yilgacha)

Qumqoʻrgʻon tumani 2116 ta bilimdon
Boysun tumani 1118 ta bilimdon
Uzun tumani 538 ta bilimdon

Turnirlarimizda ishtirok etish uchun 9-sentyabr sanasiga qadar zakovatklubi.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz talab shart.

@Surxondaryo_Zakovat
580 viewsSalohiddin Odilov, 04:42
Ochish/sharhlash
2022-08-29 18:50:13
Soʻnggi hal qiluvchi 9-turdan oldin tuman (shahar) va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi "Surxondaryo birinchiligi" oʻyinlarining turnir jadvali bilan tanishing...

Intrigani saqlab qolish uchun, oxirgi tur yakunlamaguncha nechta jamoani oflayn finalga chaqirishni eʼlon qilmay turamiz...


@Surxondaryo_Zakovat
957 viewsSalohiddin Odilov, edited  15:50
Ochish/sharhlash
2022-07-11 12:27:46
Yana qaysi yoʻnalishni qamrab olgan holda viloyat birinchiligi oʻyinlarini oʻtkazilishi tarafdorisiz?
Anonymous Poll
31%
Oʻqituvchilar oʻrtasida
17%
Maktab oʻquvchilari oʻrtasida
39%
Mahallalar oʻrtasida
12%
Kollej va texnikumlar (professional taʼlim) oʻrtasida
137 voters21 viewsSalohiddin Odilov, 09:27
Ochish/sharhlash
2022-07-11 06:49:47
"Menimcha" ko'rsatuvi navbatdagi sonida "Yoshlar kuni" munosabati bilan o'tkazilgan tadbir vaqtida prezidentning "Zakovat" pavilyoniga tashrif buyurgani eslab o'tilibdi.

Shavkat Mirziyoyevning Olimpiada o'yinlarini qiziqish bilan ekran qarshisida kuzatib borgani ko'pchilikning esida bo'lsa kerak. Prezident nafaqat sportga, "Zakovat"ga ham ana shunday muxlislik qilarkan. Uning jurnalistlar o'rtasidagi "Zakovat" chempionati haqida "Qanday ko'rmay. Butun oilamiz bilan ko'rdik" deb aytgan gaplari intellektual o'yinga e'tibor qay darajada kuchayganini ifoda etib turibdi.

Bahodir Anorov gaplari orasida "Shu o'yindan qanaqa foyda topasan" kabi gaplar haqidagi qismi esa yuragingizni bir tirnab o'tsa ajab emas. So'nggi vaqtlarda shu kabi gaplarni aytgan do'stlaringizning o'zi ham "Zakovat"ga qiziqib qolgandir:)

Aytgancha, Bahodirni tez orada "Forbs" milliarderlari ro'yxatida ko'rib qolsak ham ajab emas :)

Zakovat +
168 viewsFARRUX_NORMURODOV, 03:49
Ochish/sharhlash