Get Mystery Box with random crypto!

Surxon yoshlari | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi surxon_yoshlariuz — Surxon yoshlari | Rasmiy kanal S
Telegram kanalining logotibi surxon_yoshlariuz — Surxon yoshlari | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @surxon_yoshlariuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 116

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-09-07 07:34:48
Maktablarda sinf Sardorlar sayloviga start berildi!

6-sentyabrdan 10-sentyabrga qadar sinf Sardorlar saylovi bo'lib o'tadi. Siz iqtidorli, bilimli va shijoatli, ayniqsa, tengdoshlaringizni bir maqsad yo'lida birlashtira olsangiz sizda ham Sardor bo'lish imkoniyati mavjud.

12-sentyabrdan 15-sentyabrgacha esa maktab Sardorlar sayloviga start beriladi, maktab Sardorlar saylovida sinf Sardorlari ishtirok etish huquqiga ega bo'lishadi.

Saylovda qatnashish uchun maktabingizdagi boshlang'ich tashkilot yetakchisi yoki MMIBD(direktor o‘rinbosari)ga murojaat qilgan holda Sardorlar Saylovida qatnashishingiz mumkin.

Barchangizga saylovda omad tilaymiz, Sizni o‘zingiz kutmagan muvaffaqiyatli kelajak kutmoqda!

#sardorlarsaylovi #maktab

Bizning sahifamiz:
@kamalakbt_uz
25 views04:34
Ochish/sharhlash
2022-08-31 12:38:04
#Repost #Uzbekistan #UZB31

Biz uchun eng qora kunlar — o’zbek ziyolilarining ommaviy qatagʻon qilinganligi, millatimizning ildiziga urilgan eng ogʻir zarba edi.
Biz eng zabardast, xalqparvar va ma’rifatchi olimlarimizni aynan oʻtgan asrning 20-40-yillarida yoʻqotdik, ya’ni ularni yoʻqotishdi, yo qamoqqa olishdi, yo surgun qilishdi yoki shunchaki “xalq dushmani” degan tuhmat bilan otib tashlashdi.

Ota-bobolarimiz boshidan qanday ogʻir sinovlar oʻtganiga tarix guvoh. Ammo tariximizni turli davrlarda istagancha oʻzgartirdilar, xalqparvar bobolarimizning aziz nomini, butun xalqimizni yomonotliq qildilar.

Shukurki, bugun Vatanimiz ozod, ma’rifatparvar ota-bobolarimizning nomlari tiklandi. Endi yoshlarimiz bilan jadid bobolarimizni qanday maqsad bilan yashaganlarini oʻrganishimiz, chuqur tahlil qilib, ular mustaqillikka erishish yoʻlida jonlarini fido qilganlarining qadriga yetishimiz kerak.

Shu maqsadda jamoamiz va olim tarixchilar bilan “Jadidlar” to’plamini nashrdan chiqardik. Kecha shu kitoblarning 12 ming nusxasini maktablar, oliy ta’lim muassasalari va kutubxonalarga jo’natdik. Kitobxonlarimizga maroqli mutolaa tilaymiz.

@alisher_sadullaev
18 views09:38
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:18:01
Uzlatchilar Qiroli Boymurodjon Yunusov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqotlar universiteti davlat granti asosida qabul qilindi.

Akang talaba uje, qisqa vaqtlar ichida endi Boymurodjon yorug‘ yuz bilan ijtimoiy tarmoqlarga buyuk qaytish qiladilar!

#tabriklaymanBoysungurOʻqishgakirgur

@isakovxusniddin
32 views19:18
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:17:55 Bizdan ism Bot faoliyati qayta tiklandi)

@isakovxusniddin
30 views19:17
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:17:51
Mandat chiqdi - ism bot chiqdi

Hoziroq @bizdanism_bot ga kirib ismingizni buyurtma qiling va ismingiz tushurilgan dizaynlarga ega bo'ling.

Ushbu dizaynlar orqali kayifiyatingizni do'stlaringizga ulashing.

#bizdanismbot #mandat

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi
32 views19:17
Ochish/sharhlash
2022-08-18 10:30:35
Yangi kuch va gʻayrat bilan oʻqishga!

5-sentabrdan boshlab barcha maktablarda yozgi taʼtil nihoyasiga yetib 2022-2023 yilgi yangi oʻquv yili boshlanadi!

Barcha sardorlarga va ustozlarga a'lo kayfiyat, yangi gʻoyalar, yangi bilimlar, sabr-matonat va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

• @respublika_sardorlari
36 views07:30
Ochish/sharhlash
2022-08-10 06:00:05
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Denov_tuman_
#Qo'riqlash_boshqarmasi

Joriy yilning 9-avgust kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida Qo'riqlash boshqarmasi hamda YoshlarishlariangentligiDenovtuman boʻlimi va Tuman sport bo'limi hamkorligida ,,Qo'riqlash boshqarmasi boshlig'i" kubogi bo'lib o'tdi.

Tadbirda G'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlarga estalik sovg'alari topshirildi.

https://t.me/Yoshlar_ishlari_agentligi_denov
42 views03:00
Ochish/sharhlash
2022-08-09 21:11:21
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

“Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida har tomonlama munosib ishtirok etib, Olimpiada chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo‘lganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Sizlar dunyoning manaman degan shaxmat ustalari ishtirokida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan, 188 ta jamoa ishtirok etgan ushbu eng nufuzli shaxmat musobaqasidagi ulkan g‘alabangiz bilan mamlakatimiz sporti tarixida yangi sahifani ochib berdingiz.

Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yaqubboyev, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov kabi o‘g‘lonlarimizning iste’dodiga butun dunyo yana bir bor tan berdi. Ayniqsa, Jahongir Vohidovning so‘nggi o‘yindagi g‘alabasi terma jamoamizning tarixiy g‘alabasini ta’minladi.

Shuni alohida g‘urur bilan ta’kidlash kerakki, sportning shaxmat turida butun dunyoda nom chiqargan Hindiston, AQSH, Armaniston, Niderlandiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlar vakillari ishtirok etgan ushbu olimpiadada terma jamoamiz a’zolari har tomonlama munosib ishtirok etib, bironta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchramadi.

Sizlar shu tariqa o‘zbek shaxmat maktabining shon-shuhratini yuksak bosqichga olib chiqdingiz. Sizlar kabi azmu shijoatli, vatanparvar yoshlar eng katta boyligimiz, millatimizning “oltin fondi”, desam, o‘ylaymanki, butun xalqimizning fikrini ifoda etgan bo‘laman.

Mana shunday zukko va katta salohiyatli o‘g‘lonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgani uchun ota-onalaringiz va ustozlaringizga chin yurakdan tashakkur izhor etaman.

O‘zbekistonning shaxmatchi qizlari ham ushbu xalqaro musobaqada munosib ishtirok etib, o‘zlarining salohiyati baland ekanini yaqqol namoyish qildilar. Shu o‘rinda ularga ham chin qalbimdan tasanno aytaman”, deyiladi Prezidentimizning tabrigida.

@alisher_sadullaev
33 views18:11
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:20:42
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
12 views14:20
Ochish/sharhlash