2022-06-14 14:51:52
#Bilasizmi
OTMga oʻqishga kirishda kimlar imtiyozga ega? Quyidagi abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozga ega:
Qurolli Kuchlar
harbiy xizmatchilarining farzandlari;
xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va
musobaqalar gʻoliblari boʻlgan bitiruvchilar;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari;
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi gʻoliblari;
tibbiyot muassasalari hamshiralarining
“Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari;
Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha
respublika tanlovi gʻoliblari;
“Nihol” mukofoti sovrindorlari;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari
(pedagogika yoʻnalishlariga);
toʻliq davlat taʼminotidagi
yetim bolalar;
Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtab,
harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar;
chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi
V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;
harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
tavsiyanomasiga ega boʻlganlar;
ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari.
Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun oʻqish davrini aʼlo baholarga oʻqigan bitiruvchilari;
mutaxassisligi boʻyicha
5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
ichki ishlar organlarida
3 yildan ortiq ish stajiga ega profilaktika (katta) inspektorlari;
iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar;
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi
akademik litseyning bitiruvchilari.
Surxondaryo xabarlari
321 views11:51