Get Mystery Box with random crypto!

​​500$ pulni qayerga investitsiya qilish kerak? Ochig'ini ayt | SuperStar.UZ

​​500$ pulni qayerga investitsiya qilish kerak?

Ochig'ini aytganda 500$ pul investitsiya qilish uchun juda ham kam hisoblanadi. Chunki bu pul bilan biror joyga investitsiya kiritib yaxshi daromad qila olmaysiz. Yaxshisiz siz o'z holatingizni tahlil qiling. Nega bir necha yildan beri oyligingiz oshmayapti? Nega siz boshlig'ingizga oyligingizni oshirishi haqida qo'rqmasdan so'ray olmayabsiz? Chunki o'zingiz hali bunga loyiq emasdirsiz yoki o'z ustingizda ishlab, bilimingizni oshirmayabsiz. Ya'ni eski bilimlaringiz bilan qotib qolgansiz.

Xodimning oyligi ishlayotgan joyidagi qay turdagi muammoni bartaraf etishi bilan o'lchanadi. Endi aytingchi siz ishxonangizni qaysi muammosini hal qilyabsiz? Agar siz o'zingizda shu turdagi muammolarni ko'rsangiz siz uchun bu pulni investitsiya qilishni eng yaxshi joyi - bu o'zingizni bilimingizdir.

Misol uchun siz biror soha mutaxassisiz, shu sohangiz bo'yicha yangi ma'lumotlarni tajribali insonlardan davomli o'rganishga harakat qiling. Ya'ni men bu sohani o'rganib bo'ldim, shu bilimim yetarli deb o'rganishdan to'xtab qolmang. Qanchalik bilimingiz oshib, shu kabi qancha katta muammolarni hal qila olsangiz daromadingiz ham shu kabi yuqori bo'ladi!

Telegram | Instagram | Facebook | Biesse