Get Mystery Box with random crypto!

Maksim Shatskix Bilasizmi bugun nimani esladim. Bu mavzuni | 🇺🇿 SUPERLIGA | LIVE ⚽️

Maksim Shatskix

Bilasizmi bugun nimani esladim. Bu mavzuni yana gapirgim kelmayapti. Ammo bir gap hayolimga keldi: "Sovet davridagi uy hakamligi". Oʻzbekiston mustaqil boʻlganiga 31 yil boʻldi, Sobiq Ittifoq hozirda mavjud emas. Biroq bugun bildimki, u hali ham kimlarningdir miyyasida tirik ekan. Gap bunda ham emas. Gap biz haqimizda ham emas. Biz bu magʻlubiyatga koʻnikamiz, oʻtib ketadi. Gap shundaki, futbolning ustidan kulishmoqda. Mana shu narsa alam qilmoqda. Futbol maydoniga borini tashlab, jonini berayotgan yigitlarning ustidan kulishmoqda. Menda gapiradigan gap koʻp. Shunchaki bizning ustimizdan kulishmoqda, tupurib qoʻyishmoqda desa ham boʻladi. Hech qisi yoʻq. Hammasi koʻrinib turibdi. Oʻyinga kelsak, men doim yigitlarga "agar biz oʻzimizga gol urmasak, birov bizga gol ura olmaydi", -deb aytaman. Chempionatdagi hech kaysi jamoa bizni ustunlik bilan magʻlub qila olmaydi. Bu faqat bizga bogʻliq: biz yoki oʻzimizga gol olib kelamiz, yoki gol uramiz. Oʻyindan keyin yigitlarimni tabriklab qoʻydim. Nimadir oʻxshadi, nimadir oʻxshamadi. Ammo biz oʻyinni toʻliq nazorat qildik. Bitta gol urib, ikkita oʻtkazib yubordik. Bu qoʻrqinchli emas. Oldinda chempionat kutib turibdi. Xotirjamlikni saqlaymiz va chempionat oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻramiz

@Live_Superliga