Get Mystery Box with random crypto!

Jamshid Iskanderov Neymar va Taliska bilan OCHLda turning eng | SUPERLIGA

Jamshid Iskanderov Neymar va Taliska bilan OCHLda turning eng yaxshi goli muallifi bo‘lish uchun kurashadi

Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turining eng yaxshi goli bo‘lishga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

E’tiborlisi, mazkur ro‘yxatdan O‘zbekistonning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov tomonidan "Mumbay Siti" darvozasiga urilgan gol o‘rin olgan.

Da’vogarlar qatorida Mussa Marega (Sharja FK), Ali Jasim (Eyr Fors), Neymar (Al Hilol), Taliska (Al Nassr), Rungrat Pumichantuk (Bangkok Yunayted), Paul-Xose M'Poku (Incheon Yunayted), Aziz Behich (Melburn Siti), Kento Tachibanada (Kavasaki), Orif Aiman (Johor Darul) ham bor.

Barcha gollarni ko‘rish va ovoz berish uchun havola: https://www.the-afc.com/en/club/afc_champions_league/news/acl_goals_of_the_group_stage_-_matchday_two.html

Manba: NAVBAHOR pfc

@TVSUPERLIGA