Get Mystery Box with random crypto!

Shayton nayrang qilsa, sinmaganlarga, Zaboni zikrdan tinmaganl | Mnemonikauzb

Shayton nayrang qilsa, sinmaganlarga,
Zaboni zikrdan tinmaganlarga,
Kibr tulporiga minmaganlarga,
- Sayyidul-ayyomi Jum’a muborak.!

Faqat halol luqma yeguvchilarga,
Nafsini Alloh uchun tiyguvchilarga,
Rasulim Muhammad (alayhissalom) deguvchilarga,
- Sayyidul-ayyomi Jum’a muborak.!

Yetim- u bevaning holin so'rganlar,
Dunyo yaylovidan savob terganlar,
Meni Alloh uchun yaxshi ko'rganlar,
- Sayyidul ayyomi Juma  muborak..!

Salovatlat Habibimiz alayhissalomga ko'rsatiladigan kunda ko'proq salovat aytib qoling..


MNEMONIKAUZB