Get Mystery Box with random crypto!

Sonlar to'plami. 1) Natural sonlar — sanashda ishlatiladigan | SUPER MATEMATIKA

Sonlar to'plami.

1) Natural sonlar — sanashda ishlatiladigan sonlar, ya’ni: 1, 2, 3, 4, 5, … Natural sonlar cheksiz ko’p. Natural sonlar «N» harfi bilan belgilanadi.  Yodda tuting, «0» natural son hisoblanmaydi, chunki «0» deb sanab bo’lmaydi.

2) Butun sonlar — natural sonlar va ularga qarama-qarshi ishorali sonlar hamda 0 raqamlarining to’plami, ya’ni: … , -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3 … Butun sonlar o’z ichiga natural sonlarni olgani uchun cheksiz ko’pdir. Butun sonlar «Z» harfi bilan belgilanadi. Butun sonlar ichida tub sonlar bor.

3) Kasr (son) — matematikada birning bitta yoki bir nechta qismidan (boʻlagidan) iborat son. Kasr ikkita butun sonning nisbati bilan ifodalanadi: n÷m yoki n/m. Bu yerda m kasrning maxraji, n boʻlsa surati deyiladi. Maxraj chiziqning ostiga (yoki ketiga), surat boʻlsa chiziqning ustiga (yoki oldiga) yoziladi.

4) Tub sonlar faqatgina 1 ga va o’ziga bo’linadigan sonlardir, ya’ni: 2, 3, 5, 7, 11, 13, 17, 19, 23, 29, . . . Yodda tuting! 1 tub son emas, chunki tub son faqatgina 2 ta songa bo’linishi kerak.

5) Murakkab sonlar - uchta va undan ortiq boʻluvchiga ega boʻlgan natural sonlarga murakkab sonlar deyiladi. Masalan, eng kichik murakkab son 4 va uning boʻluvchilari 1, 2, 4 dir. Undan keyingi murakkab son 6 , uning bo'livchilari soni 4 ta va ular 1 , 2 , 3 , 6 dir. Murakkab sonlarni doimo tub koʻpaytuvchilarga ajratish mumkin.

6) Mukammal sonlar - oʻzidan farqli boʻluvchilarning yigʻindisiga teng natural sonlar. Masalan, 6=1+2+3, 28=1+2+4+7+14.

7) Ratsional son - oddiy kasr sifatida ifodalanishi mumkin boʻlgan, ya’ni  p/q ko’rinishida yozish mumkin bo’lgan sonlar, bunda p va q butun sonlar, q≠0.  Masalan, 1/2 ,  13/99,  5/5, 18/6 va hokazo. Ratsional sonlar o’z ichiga butun sonlarni olgani uchun cheksiz ko’pdir.  Ratsional sonlar «Q» harfi bilan belgilanadi

8) Irratsional sonlar - p/q kasr ko'rinishida ifodalash mumkin bo'lmagan sonlar, bunda p va q – butun sonlar, q ≠ 0) – cheksiz nodavriy kasrlar. Masalan: π soni, √2, √3 va h.k. Irratsional sonlar «I» harfi bilan belgilanadi.

9) Haqiqiy sonlar - har qanday musbat, manfiy son yoki nol (>0, <0, = 0). Haqiqiy sonlar toʻplami ratsional sonlar va irratsional sonlar toʻplamining birlashmasidan iborat. Haqiqiy sonlar toʻplami son oʻqi deb ham ataladi va «R» bilan belgilanadi.

10)  Teskari sonlar- o'zaro ko'paytmasi 1 (bir) ga teng bo'lgan sonlar. ( a soni b soniga teskari, agar a×b = 1 bo'lsa.)
Masalan: 2/3 va  3/2; −1/5 va −5

@super_matematika