Get Mystery Box with random crypto!

Mezon haqida Mezon soʻzi qadimiy tushunchalardan biri hisobla | SUPER MATEMATIKA

Mezon haqida

Mezon soʻzi qadimiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Mezon soʻzi oʻzini ichiga ikki xil maʼnoni qamrab oladi. Birinchisi bir sonni ikkinchi songa boʻlgandagi qoldiqni, ikkinchisi sonni faqat 9 ga boʻlgandagi qoldiqni topishni ifodalaydi.
Bularni masalalarda boʻluvchini ochiq yoki yopiq holatda berilishiga qarab aniqlanadi.

1-misol. 46 ni 7 ga mezonini toping.
Yechish: bunda boʻluvchi (7 soni) ochiq holatda berilmoqda.
Masalani zamonaviy tilga oʻgirsak, 46 ni 7 ga bo'lganda nechi qoldiq qiladi?
46:7=6(qoldiq 4)
Javob: 4.

2-misol. 46 ni mezonini toping.
Yechish: bunda boʻluvchi yopiq holatda berilmoqda. Masalani zamonaviy tilga oʻgirsak, 46 ni 9 ga boʻlganda nechi qoldiq qoladi?.
46:9=5(qoldiq 1)
Javob: 1.

@SUPER_MATEMATIKA