Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar bilan yaqin masofada | Ⓢⓤⓟⓔⓡ Ⓗⓐⓒⓚⓔⓡⓛⓐⓡ

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar bilan yaqin masofada bo‘lganlarni ogohlantiruvchi Self-Safety mobil dasturi yaratildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi AKT vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasi bilan to‘qnash kelgan fuqarolarni ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi mobil ilova ishlab chiqdi.

Ilova mobil telefonning GPS va Bluetooth modullari yordamida foydalanuvchilardan birida kasallik aniqlansa, 1 daqiqa ichida barcha foydalanuvchilarning 5 metr radiusda kesishgan nuqtalarini solishtiradi. Kesishuv nuqtalari aniqlangach, mazkur joylarda 5 metrli radiusda bo‘lgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko‘rinishida kasal bilan aloqada bo‘lganlik ehtimoli to‘g‘risida va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Mobil ilova Android va iOS platformalarida mavjud bo‘lib, www.coronavirus.uz veb-saytidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda ilova GPS va Bluetooth modullarini yoqib qo‘yish lozim.