Get Mystery Box with random crypto!

Ostindagi Texas universiteti olimlari sun’iy ong yordamida pla | Sun'iy Idrok

Ostindagi Texas universiteti olimlari sun’iy ong yordamida plastik chiqindilarni 24 soat ichida parchalaydigan sintetik ferment yaratishdi.

Tadqiqotchilar PETaz fermentining tabiiy tuzilishini o‘rganishdi va modelni past haroratlarda tez ishlaydigan mutatsiyalarni yaratish tajribasini amalga oshirdi. Natijada, algoritm 24 soat ichida Selsiy bo'yicha 30 dan 50 daraja haroratda plastikni parchalashi mumkin bo'lgan FAST-PETase elementini keltirib chiqardi.

Olimlarning fikricha, ferment ishlab chiqarish va undan foydalanishni sanoat darajasiga olib chiqish, plastik chiqindilarni qayta ishlashning arzon usulini taqdim etishi mumkin. Shu jumladan, mazkur biologik yondashuv hozirgi keng ko‘lamli polietilenni qayta ishlash usullariga qaraganda kamroq energiya sarflaydi va ekologik jihatdan foydalidir.

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/airiuz