Get Mystery Box with random crypto!

O‘simliklar fenomenologiyasi tadqiqotlar guruhi bog‘dorchilik | Sun'iy Idrok

O‘simliklar fenomenologiyasi tadqiqotlar guruhi bog‘dorchilik ekinlaridagi kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlashga yordam beradigan dastur ishlab chiqishdi

Barselona universiteti tadqiqot guruhi fermerlar va qishloq xo‘jaligi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan Doctor X Nabat dasturining kompyuter va Android ilovasini ishlab chiqdi. Loyihada ma'lumotlarni qayta ishlash tezligi va samaradorligini oshirish uchun chuqur o'rganish texnologiyalaridan foydalanilgan.

Ilova foydalanuvchi tomonidan yuklangan surat yordamida o‘simlik qanchalik ta’sirlanganligini aniqlashi va tegishli davolash usuli haqida javob qaytarishi mumkin.

Doktor X Nabat dasturi turli kasalliklar, abiotik stresslar va ozuqaviy tanqisliklarning 25 000 dan ortiq fotosuratlaridan iborat ma'lumotlar bazasi asosida ishga tushirildi. Ilova Misr, Tunis va Birlashgan Arab Amirliklarida pomidor, qalampir va bodring ekinlarida sinovdan o‘tkazildi va hozirda olimlar tomonidan boshqa ekinlarda foydalanish uchun ham takomillashmoqda.

Manba : https://www.ub.edu/web/ub/en/menu_eines/noticies/2022/03/029.html
Tarjima : @airiuz

@suniyidrokuz