Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent va talabalar uchun maxsus albatta o'qing — 1- av | Sultonov Uz

Abituriyent va talabalar uchun maxsus albatta o'qing

1- avgust yaqinlashgan sayin, abiturientlarimizda umuman ularning ota-onalarida ham hayajon tobora kuchayib bormoqda. Xuddi shunday , meni ham o'sha paytlar hozirgidek esimda turibdi. Har kuni talaba bo'lganimni, kostyum-shimda yurganimni tasavvur qilib yurardim. Allohdan kecha-yu kunduz so'rardim, ko'p tasbehlar aytardim, ota-onamdan, buva va buvilarimdan duo qilishlarini so'rardim.

— Maqsadim kontrakt kirib bo'lsa ham talaba bo'lish edi, shu sababli hozirda afsuslanaman nega grant bo'lsin deb niyat va harakat qilmaganman va hozir anglab turibmanki inson so'rasa so'rashni bilsa, unga qarab harakat qilsa albatta erishadi ekan. Ustozlarim va yaqinlarim ko'magida talabaga ham aylandim hammasi uchun ularga cheksiz hurmatimni izhor qilaman. Uztozlarim Azizbek aka, Jonibek aka, Asomiddin akalar ularga hurmatim cheksiz.

— Hozir ukalarim va singillarimga ozgina bo'lsa ham maslahat bermoqchiman, hujjat topshirish boshlandi va aksar o'quvchilar o'ylanishyapti qayerga topshirsam ekan, qayerga ballim yetadi ekan deb. Men sizga aytgan bo'lardimki, o'zingiz ichingizdan hoxlayotgan oliygohga, yoshligingizdan kirishni orzu qiladigan oliygohga topshiring albatta birinchi va ikkinchi yo'nalishlaringizni qolgan uchtasiga esa tavakkal qiling.

— Ayni vaqtda kirib olsam bo'ldi emas balki o'zim hoxlagan institutga kirsam degan fikrda bo'ling albatta har bir abituriyent o'zini darajasini ich ichidan biladi shunga qaramay birinchi va ikkinchi yo'nalishlarni o'zingiz orzu qilgan joyga topshiring ballingiz yetib qolar , ertaga har xil bahonalar bo'lmasligi uchun ham.

— Aksariyat talabalar bilan suhbatlashsam aytishadi eee o'qish bo'lmaydi, O'zbekistonda o'qigandan o'qimagan yaxshi va hokazolar. Lekin bir nimani unutmasligimiz kerak, o'qish talabaga kerak o'qituvchiyu-professor darsini o'tadi keragini talaba olishi kerak, horij davlatlaridagi o'qishlarham xuddi shunday chamamda bunga yaqqol misol har xil Consalting firmalar ochilgan hamma bilsa kerak, chet el oliygohlariga o'qishga kirgazib qo'yadi (ba'zilari bahoga ham, chet tilini bilish sertifikatlariga ham qarashmaydi) nega shunday chet elda ham o'qish darajasi shunaqa o'zing uchun o'qi tamoyili ostidaligidadir.

Qadrli abituriyent, talaba bo'lish oson, lekin keyin bu imkoniyatdan hamma ham unumli foydalanmaydi. O'zinga "Oliy maqsad" qo'y, bu maqsad xuddi bir baland zinapoya kabi bo'lsin va buni cho'qqisi hech ko'rinmasin. Talaba bo'ldim deb, bemalol yurma, chunki talaba bo'ldim degani -bu biron bir yetuk kasb egasi bo'ldim degani emas. Bu uchun esa yaxshi o'qish kerak. Chunki erta-indin oila boqishing kerak, umring oxirigacha talaba bo'lib o'tmaysan. Shuning uchun, kamida 5-10 yillik rejang bo'lsin va barchaga foyda keltiradigan inson bo'l, ota-onang bundan faxrlansin. Talaba bo'lish esa - bu maqsadlaringga yetish uchun faqat bir ko'prik bo'lsin.

Barcha abituriyentlarga kirish imtihonlarida va kelgusi ishlarida chin dildan omad tilab qolaman.

#maslahat #abituriyent #qabul2022

@sultonovuzb | shaxsiyfikr