Get Mystery Box with random crypto!

Odamlar nima deydi? Bu postni yozsam odamlar nima derkan-a | Sultonbek's blog

Odamlar nima deydi?

Bu postni yozsam odamlar nima derkan-a?
Eski zamon odamlari (kommunistlar) haqida.
"Zet" yoki "Zoomerlar" avlodidan ular uchun tuhfa.
- "Bu harakating Mentalitetimizga toʻgʻri kelmaydi", "Bu ishlaring urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizga zid" deb koʻp taqiq qoʻyishadi. Lekin ayting siz roʻkach qiladigan Mentalitetning yagona ideal qiyofasi qanday boʻladi? Nega endi biz uzoq yillar davomida qiynalib, zulm chekib yashagan xalqimizning urf-odatlarini davom ettirishimiz kerak? Bugun yangicha fikrlar bilan yorib chiqib, yangilikarni olib kirsak, unday emas, bunday deb oʻz fikrimizni bildirsak bizga dushman sifatida qarashni boshlaydi, qiziq.
Barchamizga haqiqat yoqadi, ammo haqiqatni aytgan odam yoqmaydi!
Muammoni oʻzi qolib, muammoni aytgan odamni yoʻq qilishga harakat qiladi.
Odamlar nima desa desin lekin men oʻz prinsiplarimga sodiq qolaman. Ana oʻshanda odamlar "sen haq gapirganding" deb laganbardorlik qilishini chetdan jimgina kuzataman.

Qulflangan aqlga qancha gapirilsa ham ochilib qolmaydi. O'sha davrning aksar odamlarining ahvoli shunday. Qulfning kaliti esa o'sha davrning o'zida qolib ketgan.

Keyingi mavzu - "Maʼnaviyatchilar"

@Liderbeek