Get Mystery Box with random crypto!

Kecha, poytaxti azim Toshkent shahrida 'O‘zbekiston - yoshlar | Shahzod Sultonov

Kecha, poytaxti azim Toshkent shahrida "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostidagi o‘tkazilgan yoshlar saylida biz ijodiy jamoamiz bilan tasvirga olish ishlarida ishtirok etdik. Jamoa bilan ishlash baribi qiziq...
Beruniy maydoni qoshida bo‘lib o‘tgan yoshlar sayli kechga tomon konsert dasturiga ulanib ketdi. Talaba-yoshlar juda ko‘p. Ularning qarshisiga mikrofon tutib borarkanman, darrov o‘zini olib qochadi. Arang, bittasini topdim desam, intervyu berishga qiynaladi. "Ko‘p kitob o‘qigan yoshlar achki taqadi deb", izlab-izlab topaman-u ulardan ham sado chiqmaydi.

P.S Ochig‘ini aytsam, sohada faoliyatimni boshlashdan avval universitimiz ko‘chasida televideniye kamerasi yoki mikrofonini ko‘rsam, intervyu berishga shoshardim. Endi esa, mikrofon tutish kaminaning zimmasida