Get Mystery Box with random crypto!

Brinzali bulochka Kerakli masalliqlar: X | ❤️ОШХОНА❤️ ❤️МАЛИКАСИМАН❤️

Brinzali bulochka

Kerakli masalliqlar:

Xamiriga:
200 ml sut
1,5 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq droja
1 chimdim tuz
1 ta tuxum
300-400 g un

Nachinkasiga:
50 ml yog'
100 g atrofida brinza yoki pishloq
Tepasiga surishga 1 ta tuxum sarig'i

Tayyorlanishi:

Xamiri:
Iliq sutga shakar, droja va tuz solib aralashtirib opara qilamiz. Oshgan oparaga tuxum va oz-ozdan un solib yumshoqqina xamir qoramiz. Xamirni 1 soat muzlatgichda oshiramiz. Shoshib turgan bo'lsangiz oshirmasdan ham tayyorlashingiz mumkin.

Nachinkasi:
Brinza yoki pishloqni qirg'ichdan o'tkazib olamiz.
Xamirni yoyib xonim xamiriga surgandek yog' suramiz. Brinza yoki pishloqni sepib rulet qilib o'rab olamiz va videodagidek kesib chiqamiz.
180° qizigan duxovkada 5 daqiqa ushlab oshirib olamiz. Keyin tepasiga tuxum sarig'i surib yana 15 daqiqa pishiramiz.
Issiqqina bulochkalarni yaqinlarimizga tortamiz


@sulltanshaa