Get Mystery Box with random crypto!

Ex U Onlar... Osmon Shundoq Qõl Uzatsam Yaqin Edi Zamin esa Yu | 🪐

Ex U Onlar...
Osmon Shundoq Qõl Uzatsam Yaqin Edi
Zamin esa Yumshoq tafti Misol Qaynoq Chaqin edi
Bugun mana Samo Olis Masofaga Tengigandek
Yer Tobora Nurab Borar Bõshliq Tomon Singigandek...!

Õjar Edim Aytganimga Erishmasam Qo'ymas Edim
Qo'l Cho'zganim Berishmasa Yiğlab Yiğlab Tõymas Edim
Evoh Bugun Erishmagan Orzularga Tõlayapman
Garchi Ko'zlar Tubi Yoshli Mağrur Turib Kulayapman....!

Hullas Endi Yopib Bo'lmas Yuragimning Darzlarini
Armon Bilan Tõlayapman Shod Kunlarning Qarzlarimni
Qachonlardir Jamalaklar Taqgan Sochim Qisqaribti
Ona Katta Bõlganimcha Dunyo Shuncha Õzgaribti...!