Get Mystery Box with random crypto!

DO'ST Bir kam dunyo, sen ham bir banda, Mayli, kamu ko'stlari | Izhor | Quvonch Bek

DO'ST

Bir kam dunyo, sen ham bir banda,
Mayli, kamu ko'stlaring bo'lsin.
Lek ko'rganda shod, ko'rmaganda,
Sog'inuvchi do'stlaring bo'lsin.

Ularga dil to'la himmating,
Mehr to'la ko'zlaring bo'lsin.
Qaydasan deb buzib xilvating,
Bosib kelar do'stlaring bo'lsin.

Sevin ular tegsa joningga,
Ishdan qo'ysa kul, yayra, kuldir.
Kelmay qo'ysa birov yoningga,
Dunyo oxir bo'lgani shuldir.

Erkin Vohidov

@sukunatdan_keyin