Get Mystery Box with random crypto!

#hayotiy KUZATUV Yuragingni avrasang bazo'r, Tuyg'ularni but | Izhor | Quvonch Bek

#hayotiy

KUZATUV

Yuragingni avrasang bazo'r,
Tuyg'ularni butkul etsang tiz.
Yomon bo'lar o'tsa yoningdan
Seni yaxshi ko'rmaydigan qiz.

Isyon qilar yurak dafatan,
Zanjirlarni parchalar tuyg'u.
Yonginangdan o'tar-u lekin
Seni yaxshi ko'rmaydi-da u.

Zohiringda sipo va mayin,
Jilmayasan o'lib tirilib.
Seni yaxshi ko'rmaydigan qiz
Muyilishdan ketar burilib.

Ozroq yerga qaraysan keyin,
Ko'kka boqib uflaysan hisni.
Ammo ko'rging kelaveradi
Seni yaxshi ko'rmagan qizni.

Navoiylik Alisher

@sukunatdan_keyin