Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga zulhijjaning 9–kuni, yaʼni arafa kuni. Abu Qatoda roz | SUHBATDOSH

Ertaga zulhijjaning 9–kuni, yaʼni arafa kuni.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Arafa kunining roʻzasi oʻtgan yilgi va kelgusi yildagi (gunohlarga) kafforat boʻladi”, deganlar.

Imom Muslim rivoyati

Arafa roʻzasi qanday qilib keyingi yilni gunohlarini kafforat qiladi?

Manoviy rahimahulloh aytadi:
Buning maʼnosi:
1. Alloh taolo uni kelgusi yilda gunoh qilishdan asraydi.
2. Yoki uni gunohlariga kafforat boʻladigan darajada ajri savob beradi.
3. Yoki haqiqatdan ham gunoh qilsa kechiriladi.

Manba: (فيض القدير 230/4)

@arabcha_duolar