Get Mystery Box with random crypto!

Hamma narsani o'rganish mumkin. 'Yo'q, bunga tug'ma talant ke | Sug'diyona's

Hamma narsani o'rganish mumkin.
"Yo'q, bunga tug'ma talant kerak, buni o'rgatib/o'rganib bo'lmaydi" degan gaplar sizni to'xtatmasligi kerak. Hech kim onasini qornidan Eynshteyn bo'lib tug'ilmaydi. Kuchli xoxish va qattiq harakat - retsept. Boshqa sirli masalliq yo'q. Rasm chizishni xoxlaysiz, lekin chiza olmaysizmi, o'rganish mumkin. Pianino chalishni istaysiz lekin qo'lingizdan kelmaydigandekmi, aynan siz bo'lishingiz mumkin keyingi Moon Sonatani yozadigan kompozitor, raqs tushishni istaysiz, lekin tanangizni yaxshi boshqara olmaysizmi, buniyam iloji bor, qo'shiq aytishni istaysiz lekin ovozingiz yaxshi emasmi, you can still produce global hits. Qanday qilib?

Hammasi oddiy.
Qidirishni, izlashni bilish kerak odam.
Sizda thirst ( chanqoqlik) bo'lishi kerak.
O'zingizni uzoooq vaqtdan beri ovqatlanmagan ozib to'zib ketib och bo'ri deb tasavvur qiling. Siz o'rganmoqchi bo'lgan soha/hobby/skill - sizning o'ljangiz.
Nima qilib bo'lmasin o'ljani qo'lga kiritishingiz kerak.

O'zingizga "Men buni xoxlayman" demang.
"Men busiz yashay olmayman" deng.

Bolaligimdan beri g'alati hobby larni o'rganishim uchun oilamdagilarni shunday manipulyatsiya qilib kelganman. Albatta menga ham hamma "Bor, bilganingni qil, istagan ishing bilan shug'ullan" demagan boshida.

"Nega aynan shuni tanlamoqchisan"?
"Chunki qiziqaman, menga yoqadi" mas.

"Men buni tanlamoqchi emasman, men buni o'zim bilmagan holda allaqachon tanlab bo'lganman, bu meni vena tomirlarimda oqayotgan qonim, bu meni bir bo'lagim, bir parcham. Xuddi oila a'zoyim, yo'q, tana a'zoyimdek. Inson yashashi uchun kerak bo'lgan muhim tana a'zolarisiz yashay olmagandek, men ham shu narsasiz hayotimni tasavvur qila olmayman. Bu meni ich-ichimda, bu meni o'zligim"

Ko'rdingizmi so'z bilan manipulyatsiya qilishni?

Istaysizmi, oxirigacha boring.
Shuni sevasizmi, qo'yib yubormang.
Iste'dod, tug'ma talant degan gaplardan xavotir olmang. Qattiq harakat qilsangiz hammasiga erishishingiz mumkin. Qattiq harakat esa qattiq xoxishga bog'liq. Sevmasangiz bir tiyin.

Gen z avlodisiz. Internetda tonnalab ma'lumot bor. YouTube - eng zo'r instruktor, sho'ng'ing tub-tubiga, hammasi tep-tekin. Bo'ldi qiling, "Menga kimdir o'rgatishi kerak, tushunmayman, menga kimnidir yordami kerak, meni qo'limdan kelmaydi, baribir oxirigacha borolmayman" deyishni.

Tassavur ham qilolmaysiz qancha imkoniyatga ega ekanligingizni.

"Pullar yerda sochilib yetibdi, faqat ularni terib olish kerak" degan gapni eshitganmisiz. Haqiqatdan ham shunday.

Savolni o'zgartiramiz:

"Do you want this?" emas.
"How bad do you want this?"
"How bad do you need this?"

Och bo'ling.
Och bo'ri.

@yupiterlik kanalidan olindi


@sugdiyona_blog