Get Mystery Box with random crypto!

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi vak | ©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi vakillari Sud avtotexnika ekspertizasi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi tajribasi bilan tanishmoqda.

Ayni kunlarda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i – M.Maxkamov va Markazning Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi yetakchi eksperti Z.Sayfutdinovlar Moskva shahridagi Rossiya federal sud ekspertazasi markazida “Sud-avtotexnika ekspertizasi: yangi tadqiqot obyektlari” mavzusidagi seminarida ishtirok etishmoqda.

Xizmat safaridan ko’zlangan maqsad - Markaz xodimlari tomonidan Rossiya Federal sud ekspertizasi markazi (RFSEM)da amalda bo‘lgan barcha yangi uslubiyotlar bilan tanishish va transport vositalarni baholash ekspertizasi yo‘nalishida zamonaviy imkoniyatlarini o‘rganish va Markazda yangi uslubiy qo‘llanma ishlab chiqishda olingan ma’lumotlardan foydalanish hamda Rossiya Federatsiyasida PC-Crash maxsus kompyuter dasturidagi yangi imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish va ushbu dasturda ishlash uchun malaka oshirish.

Seminarning ikkinchi kunida Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i – M.Maxkamov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida sud-avtotexnika ekspertizasining zamonaviy tendensiyalari: hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar va dolzarb muammolar” mavzusida seminar ishtirokchilari uchun ma’ruza va taqdimot qilindi.

Shunindek ma’ruza davomida Markaz faoliyati va unda o’tkaziladigan ekspertiza turlari, bugungi kunda sud ekspertlik sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.