Get Mystery Box with random crypto!

1. Hali hammasi yaxshi bo'lib ketadi. Muammolarsiz hayotda yas | ☆☆SUCCESS•time☆☆

1. Hali hammasi yaxshi bo'lib ketadi. Muammolarsiz hayotda yashayman deb o'ylaydi odam. Unday bo'lmaydi hech qachon. Hech kimda.

2. Puli yo'q odam - boylik hamma qiyinchiliklarimni ketkazadi deb o'ylaydi. Ha, hozirgilarini ketkazadi. O'zi bilan yangilarini olib keladi. Farzandlarning buzilib ketmasligi, chin do'stlarni ajratib olish, boylikni saqlab qolish kabi.

3. Ilm ham ko'p muammolarni hal qiladi. Faqat endi yangilari paydo bo'ladi. Olingan ilmni tarqatish, amalda qo'llash, yangi paydo bo'lgan savollarga javob izlash.

4. Mansab, mashhurlik, uylanish, yaxshi ish topish, biznes boshlash bilan ham shunday. Hech qaysi biriga - shundan keyin hammasi yaxshi bo'lib ketadi deb qarash kerak emas. Muammosiz, qiyinchiliksiz hayotni orzu qilmagan yaxshi. Birinchidan, unday bo'lishi imkonsiz. Ikkinchidan bu o'ta zerikarli hayot.

5. Maqsad muammolardan halos bo'lish emas, bir muammodan boshqasiga o'tish. Biz yechishni xohlagan muammolarga o'tish.

6. Shuni qancha vaqtli tushunib yetsak - shuncha yaxshi.