Get Mystery Box with random crypto!

#Message Urunishlarning soni qanchaligi yoki necha marta yiq | Subxon Ali | Rasmiy Blog

#Message

Urunishlarning soni qanchaligi yoki necha marta yiqilganingiz muhum emas. Eng muhumi hamma sizni sindi deb o'ylagan vaqtda o'zingizda kuch topib qayta oyoqqa tura olishingizda. Unutmang tunning eng qorong'u payti tong otishiga bir necha daqiqa qolganida bo'ladi. Siz intilgan maqsadingizga haqiqatda munosib ekanligingizga hech qachon hatto bir soniyaga shubha qilmang. Sizga ishonmaganlarga bir jilmayib oq yo'l tilang. Robbimning adolatiga bandasi chiday olmaydi, har doim uning rahmatidan umid qiling! avvalo o'zingiz uchun adolatli bo'ling. Chindan istagan inson xarakatga tushadi, xarakatda emasmisiz - demak nimadir xato! O'ylang, nimaga siz aynan shu yerda, shu holatda va shunday insonlar davrasidasiz. Savollar ko'payishi javoblarni izlab topilishiga turtki bo'ladi. Anglang, kimsiz, qayerga qarab ketayapsiz va nimalarga intilyapsiz. Hozirgi ahvolingizdan kelib chiqib butun umringiz uchun xulosa chiqarmang. Tushuning, bu dunyoda hamma narsa o'zgaruvchan. Odamlar, xolatlar, munosabatlar barcha barchasi o'zgaradi. O'zgarish qay tomonga bo'lishi o'z qo'lingizda. Dadil bo'ling!

@Subxon_Ali