Get Mystery Box with random crypto!

#UDUL RUHIY TUSHKUNLIK DAVOSI Alamlarni hadeb ichga yutave | SubMotion | Motivatsiya kanali

#UDUL

RUHIY TUSHKUNLIK DAVOSI

Alamlarni hadeb ichga yutavermang. Zero bu, o'zingizga qarata o'q uzishdek gap.

Xatolaringizni tabiiy hol deb qabul qiling. Bu narsa sizga yanglish ishlardan to'g'ri xulosa chiqarishga yordam beradi.

Kuchingizni to'g'ri taqsimlang, muhim ishlar birinchi darajali, qolganlari keyingi o'rinlarda tursin, erishgan yutuqlaringizdan xursand bo'lishni o'rganing.

YOlg'izlikka berilmang. Ayniqsa, stress vaqtida odamlar bilan birga bo'ling, do'stlarga qo'ng'iroq qiling, yangi tanishlar orttiring, mashg'ulotlaringizni ko'paytiring.

Bo'lib o'tgan ko'ngilsiz voqeani o'ylab, o'zingizga shunday savol bering: “SHu narsa asabiylashishga arziydimi? Bundan battar bo'lganida, qiyinchilikni yengib o'ta olarmidim?”
Bu savollarga javob topish vaziyatga xolis, his-hayajonsiz, xotirjam baho berishga undaydi.

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali