Get Mystery Box with random crypto!

SALBIY FIKRLAR QIYNAB YUBORDIMI U HOLDA USHBU 3 ta USULNI SINA | SubMotion | Motivatsiya kanali

SALBIY FIKRLAR QIYNAB YUBORDIMI U HOLDA USHBU 3 ta USULNI SINAB KO'RING

1-usul: Kesib tashlash

Miyangizda salbiy oʻylar oʻralashganini sezdingizmi, uni shunday “kesib tashlang”. Qanday qilib deysizmi? Qoʻlingizga qaychini olib, hayollar oqimidan salbiylarini tanlab, ularni kesayotganingizni tasavvur qiling. Kesilgan boʻlakni tahlil qilish, uni tushunishga harakat qilish shart emas. Oddiygina kesib tashlab, ulardan qutuling.

2-usul: Shishirish

“Garri Potter” filmini tomosha qilgan boʻlsangiz kerak! U yerda talabalar qoʻrquvni kulgili bir jonzotlarga, buyumlarga aylantirib qoʻyishadi. Bu usuldan siz ham foydalanib koʻrishingiz mumkin. Barcha salbiy xayollaringizni bir pufakning ichiga solib, uni yorilib ketgunga qadar shishirishga harakat qiling. Unutmang, bularning barini xayolda bajaryapsiz! Pufak shishib, yorilgach, hayollar har tomonga sachrab, yoʻqolib ketadi

3-usul: Qarshi turish

Salbiy hayotlarga toʻqnash keldingizmi, ularga qarshi turishni oʻrganishingiz ham kerak. Masalan, “men unchalik koʻp miqdorda pul topa olmayman”, degan negativ xayol keldimi uni darrov “men, albatta, oʻylagan maqsadimga yetaman va koʻp pul ishlab topaman”, deng.
“Hech narsa qoʻlimdan kelmaydi, shunchalik omadsiz boʻlamanmi?”, degan oʻylarni “men omadli insonman. Omadim boʻlmaganida edi, ... maqsadlarimga erisha olmagan boʻlardim” bilan oson almashtirishingiz mumkin.
Unutmang, hamma salbiy xayollarni yaxshisi, pozitivi bilan almashtirish mumkin. Hammasi oʻz qoʻlingizda

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali