Get Mystery Box with random crypto!

Erasmus + dasturi 1980-yilning oxirlaridan boshlab Yevropa Itt | Turkiyada ta'lim

Erasmus + dasturi 1980-yilning oxirlaridan boshlab Yevropa Ittifoqi tomonidan yo’lga qo’yilgan ta’lim almashinuv dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur bakalavr talabalariga o’quv jarayoni davomida Yevropa davlatlarida ta’lim olib kelish va malaka oshirish imkonini beruvchi dasturdir. Bundan tashqari, magistratura va doktorantura talabalari uchun ham bir necha ta’lim proyektlarini taqdim qiladi.
Bu dastur 3 oydan 12 oygacha davom etadi va 37 ta davlatdan 4000 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida mavjud. Xalqaro talabalar tomonidan eng ko’p tanlanadigan o’lkalar Ispaniya, Germaniya va Fransiya hisoblanadi.

Bu dastur uchun tanlangan ‘Erasmus’ atamasi 1466-1536- yillarda yashab o’tgan, Renessans zamonining ahamiyatli kishilaridan biri bo’lgan Gollandiyalik humanist, klassik adabiyot tadqiqotchisi va ilohiy bilimlar vakili Deziderius Erasmus nomidan olingan.
Erasmus dasturi bakalavr talabalari va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqot olib borishni istagan magistratura va doktorantura talabalari uchun ta’lim va boshqa moliyaviy xarajatlarni qoplab berishi bilan Yevropa universitetlari orasida yuqori mavqega ega bo’lib bormoqda. Ushbu dastur talabalarga Yevropa davlatlarida o’z malakalarini oshirib kelish bilan birga, kelajakdagi ta’lim sohalarida yuqori natijalarga erishishlarida qo’l keladi.
Erasmus dasturiga kimlar ariza topshira oladi va shartlari qanday? Bu savollarga keyingi postimizda ma’lumot berib o’tamiz. Bizni kuzatishda davom eting!


@Hiloledu_Turktili