Get Mystery Box with random crypto!

CSS Profile. CSS Profile bu sizning oilangiz moliyaviy ahvo | Study in OVERSEAS

CSS Profile.

CSS Profile bu sizning oilangiz moliyaviy ahvoli haqida ma'lumot beradigan hujjat hisoblanadi, bu hujjat universitetlar tomonidan moliyaviy yordam olishda foydalaniladi (yuboriladi).

"CSS" online to'ldiriladi va universitetlarga yuboriladi, bu profilni 400ta oliygoh qabul qiladi. Va siz bu hujjatni yuborish uchun pul to'lashingiz kerak, birinchi university uchun $25, keyingilari uchun $16.

CSS profilini qanday to'ldirish kerak
CSS profilini to'ldirishda yodda tutishingiz kerak bo'lgan bir nechta maslahatlar:

1. CSS ni to'ldirish 1-chi oktabrda ochiladi,

2. College boardda account oching.

3. Moliyaviy hujjatlaringizni, shu jumladan soliq deklaratsiyalarini, W-2 ("ish haqi va soliq hisoboti") shakllarini, banklar to'g'risidagi hisobotlarni va ipoteka ma'lumotlarini to'plang.

4. Shaxsiy ma'lumotlarni kiriting va siz topshirmoqchi bo'lgan oliygohlarni tanlang.

5. Ota-onangizning moliyaviy ahvoli haqidagi savollarga javob berish orqali arizani to'ldiring. Bu 45 daqiqa olishi mumkin .

6. Tekshiring va yuboring.

CSS haqida birinchi martda eshitayotgan bo'lsangiz va chalkashib ketgan bo'lsangiz, shunchaki google.com ga kirib qo'shimcha ma'lumotlar oling.

Website:
https://cssprofile.collegeboard.org/international-applicants

Share with your Friends
https://t.me/study_in_overseas