Get Mystery Box with random crypto!

Albert Eynshteyndan hayotiy maslahatlar Qiziquvchan boʻling: | G

Albert Eynshteyndan hayotiy maslahatlar

Qiziquvchan boʻling:
“Mening hech qanday maxsus isteʼdodim yoʻq. Men shunchaki, juda qiziquvchanman”.

Bebaho qatʼiyat:
“Men har bir masalaga, boshqalarga nisbatan, juda eʼtibor va ehtiyotkorlik bilan qarayman”.

Vaqtdan yutishga xarakat qilmang:
“Bir vaqtda bir necha ish qila olasan, lekin hammasini mukammal qila olmaysan”.

Eng katta kuch bu — tasavvur:
”Tasavvur – bu hamma narsa. Bu hayotdagi boʻlajak voqealarni koʻrib chiqishdir. Tasavvur bilimdan ham muhimdir“.

Xato qilish:
”Hech qachon xato qilmagan inson, yangi narsani umuman tatib koʻrmaydi“.

Hozirgi vaqt bilan yashang:
”Men hech qachon kelajak haqida oʻylamayman – u juda tez yaqinlashib keladi“.

Qadriyatlarni yarating:
”Muvaffaqiyatga erishish uchun intilmang, balki hayotingiz mazmunli boʻlishiga intiling“.

Takrorlamang:
”Bir ishni qayta-qayta qilib, lekin har xil natijani kutish axmoqlik“.

Bilim tajribadan kelib chiqadi:
”Axborot – bilim emas. Ilmning yagona manbasi – tajriba“.

Oʻyinda yaxshiroq oʻynash uchun, qoidalarni bilish kerak:
”Siz oʻyin qoidalarini oʻrganishingiz kerak. Shundan soʻng, hammadan koʻra yaxshiroq oʻynashingiz mumkin".

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot

Bizni kuzatishda davom eting
@Studentlar_Talabalar_Kanali