Get Mystery Box with random crypto!

Daraja aniqlash (CEFR) Multi-level testi haqida Mart oyidan b | 2023 may 5

Daraja aniqlash (CEFR) Multi-level testi haqida

Mart oyidan beri o'tkazilib kelayotgan daraja aniqlash testlarida (CEFR) bir qator o'zgarishlar bo'ldi. Ulardan eng asosiysi imtihon endi multi-level shaklida o'tkaziladigan bo'ldi. Ho'sh, multi-level qanday test? Va uning oddiy daraja aniqlash testidan qanday farqi bor?
Multi-level (ko'p darajali) testi DTM tomonidan tashkil qilinib, test topshiruvchi aynan bitta darajani tanlashi shart bo'lmaydi. Huddi IELTS singari, bilimi qaysi darajaga yetsa shu daraja beriladi. Ya'ni siz natijangizga qarab C1, B2, B1 yoki B1 dan past darajani qo'lga kiritishingiz mumkin.
Ushbu test 4ta bo'limdan iborat:

Listening uchun 35ta savol va jami 45 daqiqa ajratilgan.
Reading uchun 35ta savol va umumiy 60 daqiqa ajratilgan.
Writing uchun 2ta vazifa umumiy 60 daqiqa ajratilgan
Speaking uchun 12ta savol va umumiy 15 daqiqa ajratilgan.

Baholash mezoni qanday?

Afsuski, baholash mezoni bitta qolipga tushmaydi. CHunki har bir savolga beriladigan bal uning qiyinlik darajasiga bog'liq. Lekin shuni aytishimiz mumkinki, 4ta bo'limdan ham olingan ballar yig'ilib 4ga bo'linadi va umumiy natija hisoblanadi.
Bunda Listening va Readingdan qo'lga kiritish mumkin bo'lgan maksimal ball 100 balldan
Speaking va Writingda esa 72 balldan. 100+100+72+72 = 344 ball / 4 = 86. Maskimal yigish mumkin bo'lgan ball 86 ball
Quyidagi ballar uchun quyidagi darajalar beriladi:
C1 = 65+
B2 = 51-64
B1 = 38-50
B1 dan quyi 37 va undan past
Savol turlari va ajratriladigan vaqtlar
https://t.me/MultiLevel_Materials_Tests/6324

To'lovi qancha va qayerda topshiriladi?
Narxi YaIDXP orqali (my.gov.uz) topshirilganda 405 000 so'm. (1-iyundan)
Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam uchun 225 000 so'm
Akademik litseylarning 2-bosqich o'quvchilari uchun BEPUL (DTM listeydan borib imtihon olganda)
Ariza topshirish my.gov.uz sayti orqali

C1 darajasi uchun imtiyozlar:
Ingliz tili o'qituvchilari uchun 50 FOIZ USTAMA
Ingliz tili o'qituvchilari uchun navbatdagi majburiy toifa imtihonlarida maksimal ball
Filologiya yo'nalishi magistratura abituriyentlariga OTM ga hujjat topshirish imkoniyati
Nofilologik yo'nalish magistarura abituriyentlariga OTM ga hujjat topshirish imkoniyati
Bakalavr uchun abituriyentlarga ingliz tilidan maksimall ball

B2 darajasi uchun imtiyozlar:
Yangi ishga kirayotgan pedagoglar uchun ruxsat
Nofilologik yo'nalish magistarura abituriyentlariga OTM ga topshirish imkoniyati
Bakalavr uchun abituriyentlarga ingliz tilidan maksimall ball

CEFR Multi-level namunaviy savollari https://t.me/MultiLevel_Materials_Tests/6319

P.S.: Imtihonlarga ro'yxatdan o'tib berish va to'lovlarni to'lab berish xizmati uchun @Kaminani_Boy_Deyishadi profiliga murojaat qiling.


Kanalga ulanish
@MultiLevel_materials_tests