Get Mystery Box with random crypto!

​​​ ​​17-noyabr — 'Xalqaro talabalar kuni' Xalqaro talabalar | 2023 may 5

​​​ ​​17-noyabr — "Xalqaro talabalar kuni"

Xalqaro talabalar kunining tarixi:


1946-yil 17-noyabr Praga shahrida butundunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojiali voqealarga bog'liq. 1939-yil 28-oktyabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o'qituvchilari Chexoslavakiya davlatining ta'lim bayramini (1918-yil 28-oktyabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar. Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to'polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o'ldirilgan. 1939-yil 15-noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. 17-noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o'rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar. 9 ta talabalar harakatining faollari Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o'ldirilgan. Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o'quv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o'tkazish belgilandi. Hozirga kelib, dunyoning ko'pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.

P/s: rasmda Yan Opletal va uni dafn etish marosimi tasvirlangan.

@mandatlar_2022_bot

@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz
(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )