Get Mystery Box with random crypto!

Studentlar | 🎓

Telegram kanalining logotibi studentlar — Studentlar | 🎓 S
Telegram kanalining logotibi studentlar — Studentlar | 🎓
Kanal manzili: @studentlar
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.65K
Kanalning ta’rifi

🎓• Talabalar uchun rasmlar!
🎓• Abituriyentlar uchun status va rasmlar
🎓• Bizdan uzoqlashmang!
🎓• Talabalar hayotidan lavhalar
Reklama uchun: @Reklama_TalabaUz
Rasm, video va qiziqarli hangomalarni yuborish uchun: @TalabaUz_MurojaatBot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-11-14 12:29:45
Domlalar sessiyada...

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/+L4Ih8skj6DgwZjky
3.8K views09:29
Ochish/sharhlash
2022-11-14 06:54:23
#kun_hazili

Mana stipendiya ham tugadi...

Xayr mening quvonchim,
Salom eski tashvishim...

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/+L4Ih8skj6DgwZjky
3.7K viewsedited  03:54
Ochish/sharhlash
2022-11-13 06:52:50
Sessiya oldi tayyorgarlik...
Kelaver sessiya senga javopppp

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/+L4Ih8skj6DgwZjky
1.4K views03:52
Ochish/sharhlash
2022-11-12 06:16:42
Sizda ham sekin kelib, teeeez ketadimi?

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/+L4Ih8skj6DgwZjky
686 views03:16
Ochish/sharhlash
2022-11-10 22:01:30
JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Yaxshi amal jannatga yo‘lak,
Savoblarning sovg‘asi bo‘lak,
Chin yurakdan bildiray tilak,
JUMA ayyomingiz bo‘lsin muborak!

JUMA MUBORAK!

Yaqinlaringizni birinchi bo‘lib tabriklash esdan chiqmasin


Talabalarga ulashing
https://telegram.me/+L4Ih8skj6DgwZjky
1.2K views19:01
Ochish/sharhlash
2022-11-10 11:07:38 Talabalik - oltin davrim!

Bu gaplarni har kun eshitamiz:
Kirsam maylimi?
Kimni darsi?
Qanaqa ekan?
Olarkanmi?
Kimmi ruchkasi bor?
Manga ham ber yozishga?
Bugun sana nechchi?
Tur uxlama
Soat Nechi bo'ldi?
Telefoningni berib tur.
Stipendiya tushibdimi?
Staristaga pul berdingmi?
Kantrakt masalasi bo'yicha yuribdi
Mexanika? Bu endi bitta alohida dunyo
Tankasi borlar beshga  yopadi
Bu sessiyadan o'qiyman
O'rtoq man ham stipendiyani kutib yuribman ilojim yo'q
Uni darsiga kirmaylik
Raport yozolmaydi o'ziga minus keladi...

Talabalik davrim mening
Davronlarni zo'risan

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/+L4Ih8skj6DgwZjky
1.4K views08:07
Ochish/sharhlash
2022-11-10 08:37:57 Arxitektura-qurilish sohasidagi 2 ta institut universitet sifatida qayta tashkil etilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtirildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros ob’ektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirildi.

Shuningdek, ushbu universitetlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Universitetlarda o‘quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi hamda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo‘naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.

Yuqori kurs talabalari va magistrantlar ish haqi to‘lanadigan tizim orqali band qilinadi hamda ular respublika hududlarida amalga oshirilayotgan qurilish loyihalariga jalb etiladi.

Universitetlarga ilmiy daraja va unvonlar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va ularning tarkibini tasdiqlash huquqi beriladi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.

2023-yil 1-martga qadar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari xalqaro ta’lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubatsiya markazi tashkil etiladi.

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/+L4Ih8skj6DgwZjky
1.5K views05:37
Ochish/sharhlash
2022-11-09 14:32:08
Ilk bor respublikamizning 8 ta OTM Osiyodagi TOP 1000 talikdan joy oldi

Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2023-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2023) natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

QS ning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, o‘z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

Shuningdek, reytingni shakllantirishda asosiy koʻrsatkichlar sifatida akademik va ish beruvchining obroʻsi, PhD darajasiga ega boʻlgan xodimlar soni hamda xalqaro talabalar ulushi kabi me’zonlar birinchi marotaba kiritildi.

Batafsil ushbu havolada

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/+L4Ih8skj6DgwZjky
1.9K views11:32
Ochish/sharhlash
2022-11-09 09:46:39 Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalar ham istisno tariqasida oʻqishini koʻchirishi mumkin

Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining oʻzbek talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, “hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois”ularning ham oʻqishini Oʻzbekiston OTMlariga koʻchirishda amaliy yordam soʻragan.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining ham oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi.

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/+L4Ih8skj6DgwZjky
1.8K views06:46
Ochish/sharhlash
2022-11-09 08:41:16 ​#Qonunchilik_yangiliklari

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi

“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–414-son, 03.11.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo‘lgan xorijiy OTM dasturiga ko‘ra shakllantiriladi.

2023/2024-o‘quv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;
Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan sportchilar.

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.

2023-yil 1-yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/+L4Ih8skj6DgwZjky
1.9K views05:41
Ochish/sharhlash